Maxsudov Moxirbek Tolibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqaruvini uch fazali tok o‘zgartkichlari», 05.01.06 – «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1451.
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor.
Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqaruvini uch fazali tok o‘zgartkichlarining modellarini ishlab chiqish, tadqiq etish va amaliyotga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba asinxron motorlarning stator pazlarida joylashuvchi uch fazali reaktiv toklar elektromagnit o‘zgartkichi tuzilmasining modeli ishlab chiqilgan;
asinxron motorlar uch fazali reaktiv toklari uchun yangi elektromagnit o‘zgartkichining statik va dinamik tavsiflarini analitik ifodalari ishlab chiqilgan;
uch fazali reaktiv toklarni kuchlanishga o‘zgartkichining ratsional o‘lchov chulg‘amlari soni va ularni asinxron motor stator pazlarida joylashuvini aniqlash modeli va algoritmi yaratilgan;
asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqarish tizimini uch fazali toklari elektromagnit o‘zgartkichini «bulutli hisoblash» modeli va algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqaruv tizimlari uchun reaktiv toklarni kuchlanishga elektromagnit o‘zgartkichini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
asinxron motor reaktiv quvvatining nazorat va boshqaruvi uchun ishlab chiqilgan uch fazali tok o‘zgartkichi va dasturiy vositalari «Andijon viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2021 yil 3 martdagi 05-13-1430‒son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiyasini uzatishdagi qo‘shimcha aktiv va reaktiv energiya isroflari 5 % gacha kamayishi imkonini bergan;
asinxron motorning stator pazlariga joylashtirilgan uch fazali tok o‘zgartkichining tajriba modeli va natijalar olishning tezkorligi hamda aniqligini ta’minlovchi dasturiy vositasi «RASH MILK» MChJ da joriy etilgan (Energetika vazirligining 2021 yil 3 martdagi 05-13-1430‒son ma’lumotnomasi). Natijada, asinxron motorlar reaktiv quvvatini hisoblash aniqligi oshgan va maqbul nazorat hamda boshqarish hisobiga yillik kutilayotgan samaradorlik 97 mln.so‘mni tashkil etgan;
ishlab chiqilgan uch fazali tok o‘zgartkichining «bulutli hisoblash» modeli va dasturiy vositasi «Mashinastroitel Andijon» XKda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2021 yil 3 martdagi 05-13-1430‒son ma’lumotnomasi). Natijada, asinxron motorlarning kompensatsiya qilinuvchi reaktiv quvvati to‘g‘risida real vaqt mobaynida ma’lumotlar olishga erishilgan va boshqarish tizimini me’yorlangan signal bilan ta’minlash hisobiga yillik kutilayotgan samaradorlik 15 mln. so‘mni tashkil etgan.