Djuraeva Shaxnozaxon Gayratovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosidagi himoya haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polimer kompozisiyalar asosida to‘qimachilik materiallari va buyumlari uchun dekorativ elementlarni ishlab chiqish va qo‘llash», 05.06.02-«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish»(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T285.
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Solix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik materiallariga pigment bo‘yoqlarni bosish uchun, yaxshi konsistentlikka ega bo‘lgan yangi tarkibni yaratish, hamda o‘zbek milliy bezak elementlaridan foydalanib zamonaviy kiyimni loyihalash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘qimachilik materiallari va buyumlariga dekorativ elementlarni qo‘llash uchun yaxshi mustahkamlikka ega, naqsh konturlarining aniqligini va adgeziyasini ta’minlab bera oladigan polimer kompozisiyasini olish usuli yaratilgan;
bosma bo‘yoqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, jumladan plyonka adgeziyasi, ishqalanishga rangning mustaxkamligi, tasvirning aniqligi, ko‘pikning yopishqoqligi, distruksiyalanish darajasi, nisbiy bo‘yaluvchanlik qobiliyati, rang intensivligi va yuvishga rangning mustaxkamligi xamda matoga bosilgan dekorativ element tasviri yuzasida baxmal xossasini namoyon qilish xususiyatlari aniqlangan;
modifikatsiyalangan kollagen gidrolizati asosida bosma bo‘yoq bilan bosilgan naqshlarning ishqalanishga chidamliligi, gul chegara chizig‘ining yoyilib ketmasligi, naqsh konturining ravshanligi ta’minlangan;
to‘qimachilik materiallari va buyumlariga polimer kompozisiyasidan dekorativ elementlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
hududiy jihatdan an’anaviy o‘zbek dekorativ elementlari tizimlashtirilgan va mahsulotlarda dekorativ effekt yaratish usullarining tasnifi ishlab chiqilgan;
zamonaviy kiyimlarda milliy bezak elementlari sifatini ekspert baholash usullarini qo‘llab ahamiyatlilik koeffisientlari, jumladan bezak elementlarining shakli va rangi, tayyor maxsulotda bezakning qomat bilan bog‘liqligi, kiyim tektonikasi, kashta naqshlarining kompozision qurilishi, rang kompozisiyalarining uyg‘unligi, naqsh chiziqlarining aniqligi, bezak elementlarining kiyim detallarida joylashish tektonikasi va modifikatsiyalangan kollagenli pigmentli yangi bo‘yoq tarkibi bilan matoga naqsh tushirilganda bo‘yoqda tarqalib ketish xususiyati yo‘qligi aniqlangan hamda milliy dekorativ elementlarining elektron axborot bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Polimer kompozisiyalar asosida to‘qimachilik materiallari va buyumlari uchun dekorativ elementlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gazlamalarni pardozlash uchun yangi polimer kompozisiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan ("Gazlamalarni pardozlash uchun bosma bo‘yoq", № IAP 05640). Natijada ushbu ixtironi joriy etish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 56% ga kamayishiga erishilgan;
gazlamalarni pardozlash uchun bosma bo‘yoq "BETLIS TEKSTIL" MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 7-iyun` №04/12-1795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tikuv va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sifati, dekorativ elementli mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyati qariyb 50% ga oshishiga erishilgan.
to‘qimachilik materiallari uchun taklif etilgan yangi bosma bo‘yoq va dekorativ elementlar elektron bazasi “AVIS TRIKO-TEX" MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 7-iyun` №04/12-1795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tikuv va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sifati, dekorativ elementli mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyati qariyb 70% ga oshishiga imkoniyat yaratilgan.