Tulanov Akmal Abrorovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molekulyar markerlarga asosida g‘o‘zaning tola sifati yuqori yangi navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx514.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ibroxim Yulchievich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning «Ravnaq-1» navi (№ NAR 00226).
II. Tadqiqotning maqsadi: molekulyar markerlardan foydalangan holda tola sifat belgilarini yaxshilovchi miqdoriy belgi lokuslarini tutgan yangi g‘o‘za navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BNL1604 DNK markerlarining tola pishiqligi hamda uzunligi belgilariga ta’siri isbotlangan;
o‘rta tolali g‘o‘za germoplazmasi namunalari orasidan genomida tola sifat belgilari bilan bog‘liq BNL1604 DNK markerlari allellari mavjud liniyalar aniqlangan;
MAS texnologiyasi yordamida genomida BNL1604 DNK markerlarining gomozigota holatdagi allellari mavjud bir nechta bekkross duragay kombinatsiyalari yaratilgan va introgressiya qilingan allellarning genotipik va fenotipik irsiylanishi asoslangan;
DNK markerlarining g‘o‘za genomi hududini bioinformatik tahlil qilish tolaning rivojlanish jarayonlarida ishtirok etuchi nomzod gen va oqsillar aniqlangan;
MAS texnologiyasi asosida yaratilgan bekkross duragay kombinatsiyalar va navlarda tola sifat ko‘rsatkichlari nazorat namunalarnikiga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Molekulyar markerlar asosida g‘o‘zaning tola sifati yuqori yangi navini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Respublika paxtachiligi tarixida birinchi marotaba markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasi yordamida “Ravnaq-1” g‘o‘za navi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 20/020-4750-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan “Ravnaq-1” g‘o‘za navi seleksiya yutug‘iga patent (NAP 00228) olingan;
“Ravnaq-1” g‘o‘za navining tola uzunligi 1.23 dyuym, tola chiqimi 36-37 %, 1000 dona chigit vazni 135 g, 1 dona ko‘sagidagi paxta vazni 7-7,5 g, o‘suv davri 115-120 kun, tola sifati III tip bo‘lgan qimmatli xo‘jalik belgilariga ega (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 20/020-4750-son ma’lumotnomasi). Natijada 2018 yilda istiqbolli nav sifatida Davlat reestiriga kiritilgan;
Namangan viloyati qarori va viloyat G‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi tavsiyasiga ko‘ra, 2017 yilda Namangan tumanidagi urug‘chilikka ixtisoslashgan “Navbaxor namunasi” fermer xo‘jaligida 26 ga maydonga, 2018 yilda Namangan viloyatida 500 ga maydonga, 2019 yilda Toshkent viloyatida 260 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 20/020-4750-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatida o‘rtacha 36 s/ga, Toshkent viloyatida joylashgan “Progress Agro Biznes” f/x 35 s/ga, “Ramazon Agro Fayz” f/x 36 s/ga, “Umar ota o‘g‘illari” f/x 37 s/ga, “Zero max Agro” 38 s/ga, “Mirza Toshmurod” f/x maydonlarida gektariga 35 sentnerdan xosil olingan;
“Ravnaq -1” navi 2020 yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirqich tumanida 40 ga, Pskent tumanida 38 ga va Bekobod tumanida 42 ga, jami 120 gektar maydonga ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 20/020-4750-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 39 sentnerdan yuqori sifatli paxta hom-ashyosi tayyorlangan;
2021 yilda “Ravnaq-1” g‘o‘za navi Surxondaryo viloyatida “Ashurov Abdulqosim” fermer xo‘jaligida 25 ga, Toshkent viloyatida “ABS Oqqo‘rg‘on agroklaster” MChJda 110 gektar, Toshkent viloyatida jami 460 ga maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 20/020-4750-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navdan 36-40 s/ga yuqori sifatli urug‘lik paxta hom-ashyolari tayyorlangan.