Turganbaev Ruzimbay Urazbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq zot tipidagi sur rangli qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini takomillashtirish», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx31.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Curatbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadiqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Qaharov Absattor Qaharovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Aripov O‘ktam Xadjimuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq sur zot tipiga mansub qorako‘l qo‘ylarining seleksion va genetik xususiyatlari asosida har bir rang-baranglikka xos bo‘lgan muhim belgilar bo‘yicha hayvonlarni tanlash va saralashning samarali usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpoq zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylari jun tolasining ifodalanishi, surlik, tovlanishi va bir tekislik darajasi aniqlangan;
sur qorako‘l qo‘ylarining jun tolasidagi melanin miqdori va tarkibi aniqlangan;
yaratilgan naslli hayvonlar liniyalari va ulardan seleksion jarayonda foydalanish usullari ishlab chiqilgan;
o‘sish va rivojlanishi bo‘yicha turli rang-barang tusdagi hayvonlarning turlararo sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
boshlang‘ich seleksion materiallar asosida hayvonlar rang-barangligining avloddan avlodga o‘tishi darajasi saralash turlariga bog‘liq holda aniqlangan.
qimmatbaho va boshqa rang-baranglikdagi qo‘ylarning maxsus podasini yaratishga imkon beruvchi seleksion uslublar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpoqzot tipiga mansubqorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik sifatlarini oshirish bo‘yicha olingan tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitiga mos yaratilgan «To‘rtko‘l zavod tipi» ishlanmasiga Intelletual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (Toshkent, 2002 yil, ZAP 0010). Buning natijasida Qoraqalpoq tipiga mansub sur terilar sifati yaxshilangan, qorako‘l elita va 1-navli terilar salmog‘i 80 foizga oshirilishiga xizmat qilgan;
qorako‘lchilikda seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash bo‘yicha qoraqalpoq tilida ishlab chiqilgan «Sur qoraqalpoq zot tipli qo‘ylarni saqlash bo‘yicha tavsiyalar» Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoraqo‘lchilik birlashmasi amaliyotida tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi «QORAKO‘L» birlashmasining 2017 yil 6 sentyabrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sur qorako‘l qo‘ylaridan teri olishning takomillashtirilgan texnologiyalari To‘rtko‘l tumani «Qizilqum» qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaligiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi 01/06-1340-son ma’lumotnomasi). Natijada har yili 350–400 bosh sur naslli qo‘chqorlar ko‘paytirilgan va qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaliklarida rentabellik darajasi po‘lati sur zotida 85,6 foiz, o‘rik guli zotida 83,0 foiz, shamchiroq guli zotida 81,3 foiz va qizil qamar zotida 74,0 foizni tashkil etgan.