Nafasov Doniyor Shernafasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4.PhD/Ped768.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-kommunikativ, motivatsion-psixologik, nazariy-metodologik yondashuvlar kabi ilmiy-pedagogik asoslari turistik faoliyatning pedagogik mazmuni va mohiyatini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning maqsadli-operatsion, intellektual-bilish, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash kabi mexanizmlari va ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi, amaliy yo‘naltiruvchi interfaol ta’lim texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan hamda etnomadaniy, qadriyatli yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli psixologik-pedagogik, tashkiliy-mintaqaviy, gigienik, kommunikativ talablar asosida tizimlashtirilgan o‘quv-topshiriqlar, ta’lim shakllari, nazorat vositalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga differensial-tizimli kiritish asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiy, ziyorat, rekratsion, sport-sog‘lomlashtiruvchi, etnogrfik, ekologik kabi turistik faoliyatda talaba-sayyohlarni intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik ta’minoti axborotli muhit talablari hamda geografik hudud xususiyatlari inobatga olingan elektron ta’lim resurslari va metodik tavsiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turistik faoliyatda talabalar ijimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari: ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-kommunikativ, motivatsion-psixologik, nazariy-metodologik yondashuvlar orqali mazkur faoliyatning pedagogik mazmuni va mohiyatini ochib berishga qaratilgan ilmiy natijalaridan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi 61010400 – Turizm bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini hamda “Kreativ fikrlash”, “Turizm va madaniy meros” fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2021 yil 13 dekabrdagi 02/01-01-658-son dalolatnomasi). Natijada, turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari turistik faoliyatning pedagogik mohiyatini ochib berish orqali aniqlashtirishga erishilgan;
talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning maqsadli-operatsion, intellektual-bilish, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash kabi mexanizmlari va ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi, amaliy yo‘naltiruvchi interfaol ta’lim texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan hamda etnomadaniy, qadriyatli yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar A1 – XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 dekabrdagi 02-07-4043/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari va texnologiyalarini takomillashtirishga erishilgan;
turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli psixologik-pedagogik, tashkiliy-mintaqaviy, gigienik, kommunikativ talablar asosida tizimlashtirilgan o‘quv-topshiriqlar, ta’lim shakllari, nazorat vositalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga differensial-tizimli joriy etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A1 – XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 dekabrdagi 02-07-4043/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistik faoliyatda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modelini takomillashtirishga erishilgan;
iqtisodiy, ziyorat, rekratsion, sport - sog‘lomlashtiruvchi, etnogrfik, ekologik kabi turistik faoliyatda talaba-sayyohlarni intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik ta’minoti axborotli muhit talablari hamda geografik hudud hususiyatlari inobatga olingan takomillashtirilgan elektron ta’lim resurslari va metodik tavsiyalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar turizmi agentligi” ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil” loyihasi doirasida talaba-yoshlarni turistik sayohatlarda intellektual, ma’naviy, estetik, jismoniy rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02-17-02/11681-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning turistik faoliyatida ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning elektron ta’lim resurslari va didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.