Sayinaev Farrux Karamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ventral churralarda endoxirurgik gernioplastikaning klinik afzalligi va texnik jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib.1976.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Baxtiyor Zarifovich tibbiyot fanlari doktori; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish va gernioplastikada endovideoxirurgiyani optimallashtirish orqali ventral churralarni davolash sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ventral churrali bemorlarda turli gernioplastika variantlarining takomillashtirilgan taktik va texnik jihatlarini hisobga olgan holda optimal jarrohlik usulini tanlash uchun ball shkalali dastur ishlab chiqilgan;
laparoskopik protez gernioplastikasi paytida protezni fiksatsiyalash bosqichini texnik optimallashtirish uchun «endoprotezni qorin old devoriga fiksatsiyalash uchun igna» jarrohlik vositasi takomillashtirilgan;
laparoskopik jarrohlik aralashuvining ventral churralarni davolashda gernioplastika texnik jihatlari aniilangan;
gernioplastikani ochiq va laparoskopik usullar bilan bajarish natijalari o‘rganilgan, laparoskopik jarrohlik aralashuvlarning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ventral churra bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
«Qorin old devoriga endoprotezni fiksatsiyalash uchun igna» jarrohlik asbobi takomillashtirildi. Taklif etilayotgan vositadan foydalanish protezni qorin old devoriga fiksatsiyalashdagi texnik qiyinchiliklarni kamaytirish bilan operatsiya vaqtini qisqartirish imkonini berdi;
ventral churralarda endovideoxirurgik gernioplastikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ventral churralarda endovideoxirurgik gernioplastikaning texnik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/907-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash uchun taktikani tanlashni optimallashtirishga imkon bergan;
qorin ventral churralarini zamonaviy kam invaziv va endoskopik davolash «Qorin ventral churralarini zamonaviy kam invaziv va endoskopik davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/908-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma qorin ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
ventral churra bilan og‘rigan bemorlarga diagnostika va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo‘limlarida joriy eildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 08-09/19850-son ma’lumotnomasi). Ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali tadqiqot natijalarini amalga oshirish operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy darajasini 20,8% dan 13,3% gacha, shu jumladan yara asoratlarini 12,5% dan 4,4% gacha kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish