Kazakova Evgeniya Ivanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusning kovalent yopiq xalqasimon DNKsini aniqlash orqali gepatit V ning yashirin shakllarini tashxislash xususiyatlari», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.Phd/Tib608.
Ilmiy rahbar: Juraev Rivojiddin Xofuzullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Nargiza Abitovna, tibbiyot fanlari doktori; Xegay Tat`yana Rudol`fovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Ekaterinburg virusli infeksiyalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli genezli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarda virusning kovalent yopiq halqasimon DNK sini tekshirish orqali gepatit V ning yashirin shakllarini tashxislash xususiyatlarini aniqlash hamda kasallikning okkul`t shaklida gepatit V virusining molekulyar-biologik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gepatit V virusining halqali kovalent yopiq DNKsi mavjudligini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
virusli gepatit Vning yashirin shaklini tashxislashda gepatit V virusining halqali kovalent yopiq DNKning ahamiyati isbotlangan;
noaniq genezli gepatitlarda virusli gepatit Vning okkul`t shaklining ahamiyatli roli isbotlangan;
filogenetik tahlilni amalga oshirish orqali gepatit V virusi subtiplarining nukleotid o‘xshashligi asoslangan;
virusli gepatit Vning yashirin shakli bo‘lgan bemorlardan olingan nukleotid ketma-ketliklarda spesifik mutatsiyalar mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Virusli gepatit Vning yashirin shakllarida gepatit V virusining halqali kovalent yopiq DNKsi mavjudligini aniqlashni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
virusli gepatit Vning yashirin shaklini tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqiqlgan «Virusli gepatit Vning yashirin shaklini tashxislashning modifikatsiyalangan usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 8n-r/44-son ma’lumotnomasi). Natijalar noma’lum etiologiyali gepatit tashxisi qo‘yilgan bemorlar orasida virusli gepatit Vning yashirin shaklini aniqlash imkonini bergan;
olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand va Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-d/35-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, nojo‘ya oqibatlar sonini kamaytirish va bemorlarga etiotrop davoni buyurish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlikka bemorlarni kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirish va mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish orqali erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish