Artikov Ne’matulla Abdusalamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda samarali soliq ma’muriyatchiligini shakllantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtsodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt944.
Ilmiy rahbar: Shirinov Sabir Erkinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Hamzaxo‘ja Tursunxo‘jaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligini samarali shakllantirishga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xufyona iqtisodiyotni bartaraf etishning soliq omillari va samarali tadbirlari tarkibida undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini davlat tomonidan kechib yuborish amaliyotini bekor qilish taklif qilingan;
samarali solik ma’muriyatchiligi faoliyatining muhim mezoni sifatida soliq to‘lovchilarning soliq organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yangicha baholashning analitik registri taklif etilgan va shu asosida  soliq intizomiga rioya etuvchilar ulushini 11,9 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
soliq organlari, qarzdor-bankrotlar va ularning ma’sul shaxslari muloqotiga asoslangan “Bankrotlik muoalajalarida soliq monitoringi” nazorat qilish tizimi taklif etilgan va uning asosida nazorat tadbirlari samaradorligini ikki baravarga oshirish asoslangan;
samarali soliq ma’muriyatchiligini shakllantirishda “soliq auditi” instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan, uning faoliyati funksional tavsifi ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda samarali soliq ma’muriyatchiligini shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokamasidagi ishtirok orqali berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 20 noyabrdagi  736-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasi Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 2021 yil 17 avgustdagi 15-67820-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq intizomini muttasil buzib kelayotgan soliq to‘lovchilarda  “umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish mumkinligi oqibatidagi boqimanda kayfiyat va xotirjamlik hissi”ga barham beriladigan bo‘ldi va shu bilan birga soliq xizmati organlarining soliq ma’muriyatchiligi yillik xarajatlarining hisobdan chiqariluvchi umidsiz soliq qarzlari bilan ishlashga  oid qismini 12,1 foizga tejash imkoniyati yaratilgan;
samarali solik ma’muriyatchiligi faoliyatining muhim mezoni sifatida soliq to‘lovchilarning soliq organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yangicha baholashning analitik registri taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 320-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasi Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 2021 yil 17 avgustdagi 15-67820-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarning soliq to‘lovlari yuzasidan soliq intizomiga rioya etuvchilar ulushi 11,9 foizga o‘sishi, soliq organlarining soliq intizomi yangi talablari asosida soliq to‘lovchilarga to‘lanib beriladigan jarima va ustamalari hamda faoliyat samaradorligidan oladigan rag‘batlari orqali qo‘shimcha manfaatdorliklari soliq tushumlari rejasiga nisbatan 4,7 foizni tashkil etishi ta’minlangan, shuningdek milliy soliq tizimi faoliyatida soliq ma’muriyatchiligi faoliyati natijalarini baholashning yangi talab va mezonlari  paydo bo‘lishiga zamin yaratgan;
soliq organlari, qarzdor-bankrotlar va ularning mas’ul shaxslari muloqotiga asoslangan “Bankrotlik muolajalarida soliq monitoringi” nazorat qilish tizimi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 20 noyabrdagi  736-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasi Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 2021 yil 17 avgustdagi 15-67820-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankrotlik muolajalarida nafaqat soliq organlarining ishtiroki yoki tegishli aktlardagi imzosigina talab etiladi, balki bu jarayonda soliq organiga davlatning ishonchli nazoratchisi roli berilishi, turli savdolarning tashkil etilishi va bitimlarning rasmiylashtirilishidagi soliq qonunchiligi buzilishi hamda soliqlarni hisoblashdagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish, qarzdorning mulki, savdosi haqidagi ma’lumotlarni arbitraj boshqaruvchilari va boshqa foydalanuvchilar uchun avtomatik rejimda tasdiqlash, identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash, NAT samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
samarali soliq ma’muriyatchiligini shakllantirishda “soliq auditi” instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi №O‘RQ-677 sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri) da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2021 yil 18 maydagi 04/1-571-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi soliq auditi xulosalariga mas’ullikni kuchaytirish maqsadida, auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berishga oid hamda soliq solishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish bilan bog‘liq normalar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish