Avezov Nodirjon Shaxriqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratonining rivojlanishida onkosupressor TR53 geni polimorfizmlarining ahamiyati», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V593.
Ilmiy rahbar: Kadirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Mirxamidova Parida, biologiya fanlari doktori, professor; Muxammedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratonining rivojlanishi va jadallashishida TR53 geni polimorfizmlarining ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqotda asosiy guruh immunogistokimyoviy tekshiruv natijalari o‘tkazilgan KBS ayollarida, TR53 geni rs1042522, rs1800371 va rs17884159 polimorfizmlarining genotipik chastotalari va immunogistokimyo markyorlari orasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zbek ayollarida KBS rivojlanishida TR53 geni rs1042522, rs1800371 va rs17884159 polimorfizmlarining boshqa hududiy populyasiyalarda uchrash chastotasi isbotlangan;
o‘zbek ayollarida TR53 geni rs1042522, rs1800371 va rs17884159 polimorfizmlarining KBS rivojlanishidagi assotsiatsiyalari hamda prognoztik xususiyatlari isbotlangan;
tadqiqotdagi KBS va shartli sog‘lom guruhlari namunalarida TR53 genining rs1042522, rs1800371 va rs17884159 polimorfizmlarining turli xil gaplotiplar chastotasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
KBS xavfi rivojlanishida TR53 geni polimorfizmlarini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
TR53 geni rs1800371 markyorining KBS baholashidagi olingan ahamiyatli natijalardan «The project of Medical Center at Training & Research Institute - Jeramba Ilmu Sukses» loyihasida KBSni erta tashxislash va davolash samardorligi markyori sifatida foydalinilgan (Indoneziya o‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti tibbiyot markazi, 2021 yil 10 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur TR53 geni rs1800371 polimorfizmni molekulyar genetik jihatdan genotiplashning qo‘llanilishi saraton rivojlanishi xavfini aniqlashda maxsus genetik markyor deb hisoblash imkonini bergan;
TR53 geni Arg72Pro markyorning KBSning rivojlanishdagi rolini baholash to‘g‘risida olingan natijalaridan «Quaid-I-Azam University of faculty of Biological Sciences, department of Biochemistry» ilmiy laboratoriyasida foydalanilgan (Pokiston QUAID-I-AZAM UNIVERSITY biologiya fakultetining biokimyo kafedrasi, 2021 yil 18 maydagi ma’lumotnomasi). Mazkur TR53 geni Arg72Pro polimorfizmni biokimyoviy va molekulyar genetik qo‘llanilishi natijasida saraton xavfini aniqlashda va prognozlashda o‘ziga xos genetik polimorfizm bo‘lishi mumkinligi imkonini bergan.