Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yashirin iqtisodiyotni moliyaviy mexanizmlar orqali kamaytirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1374.
Ilmiy rahbar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
II. Tadqiqotning maqsadi yashirin iqtisodiyot darajasini aniqlash va uni moliyaviy mexanizmlardan foydalangan holda kamaytirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yashirin iqtisodiyotni kamaytirish maqsadida hozirda joriy etilgan onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassada qayd etilib olingan cheklarni soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, yashirin iqtisodiyotni o‘zgarish yo‘nalishini aniqlash mexanizmi taklif etilgan;
Nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassada qayd etilib olingan cheklarni soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazishlarini rag‘batlantirish maqsadida davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 0.3 dan 0.5% gacha miqdorda cashback berish amaliyotini joriy qilish taklif etilgan.
Yashirin iqtisodiyot darajasining o‘zgarish yo‘nalishini naqd pulga bo‘lgan talab orqali aniqlash tartibi ishlab chiqilgan;
Vending mashinalarning kunlik sotuv hajmi haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralari bazasiga onlayn borib tushishi va soliq bazasini aniq hisoblash mexanizmi taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yashirin iqtisodiyotni moliyaviy mexanizmlar orqali kamaytirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yashirin iqtisodiyotni kamaytirish maqsadida hozirda joriy etilgan onlayn-NKM yoki virtual kassada qayd etilib olingan cheklarni soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, yashirin iqtisodiyotni o‘zgarish yo‘nalishini aniqlash mexanizmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonidagi vazifalarni bajarish loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 06/04-01-32/1001-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy etilishi yashirin iqtisodiyot darajasining o‘zgarish yo‘nalishi aniqlash imkonini bergan.
NKM yoki virtual kassada qayd etilib olingan cheklarni soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazishlarini rag‘batlantirish maqsadida davlat soliq qo‘mitasi tomonidan aholi amalga oshirgan xaridning 0.3% gacha miqdorida cashback berish amaliyotini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonidagi vazifalarni bajarish loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 06/04-01-32/1001-son ma’lumotnomasi). Bu taklifni joriy qilish yashirin iqtisodiyot darajasini kamaytirdi, davlat byudjetiga tushuvchi soliq tushumlarini oshirdi.
Yashirin iqtisodiyot darajasini naqd pul va talab qilib olingungacha depozitlarga nisbati orqali aniqlash taklifi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 06/04-01-32/1001-son ma’lumotnomasi). Bu taklifni joriy etish orqali yashirin iqtisodiyot darajasini hisoblash aniqligi 20% ga oshirilgan.
Vending mashinalarning kunlik sotuv hajmi haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralari bazasiga onlayn borib tushishi va soliq bazasini aniq hisoblash mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonidagi vazifalarni bajarish loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 06/04-01-32/1001-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy etilishi ushbu faoliyat turi bo‘yicha soliq tushumlarini 30% gacha oshiradi.
Aholining mavsumiy ish bilan yoki o‘z mehnati asosida oladigan daromadlarini rasmiy iqtisodiyotda sarflashlarini hamda ularning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya miqdorini to‘lashlariga erishish uchun plastik kartadan foydalanish amaliyotini keng tadbiq qilish mexanizmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonidagi vazifalarni bajarish loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 06/04-01-32/1001-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy etilishi ushbu toifadagi aholining mablag‘larini norasmiy sektordan rasmiy sektorga o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ular o‘zlarining jamg‘arib boriladigan pensiyasiga ham ega bo‘lishadi. Bu ularning ushbu amaliyotdan foydalanish motivatsiyasini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish