Zokirov Ruslan Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “300X32N2M2TL eyilishbardosh oq cho‘yanning eyilishbardoshligini karbidlarni ishqalanuvchi yuzaga perpendikulyar yo‘naltirish hisobiga oshirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymakorlik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1129
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sadullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 300X32N2M2TL eyilishbardosh oq cho‘yanning eyilishbardoshligini karbidlarni ishqalanuvchi yuzaga nisbatan perpendikulyar yo‘naltirish hisobiga oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oq cho‘yan bilan qolipning issiqlik almashinuv intensivligining qolip devor qalinligiga bog‘liqlik dinamikasi asosida oq cho‘yandagi karbidlarning yo‘naltirilgan kristallanishini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqilgan;
oq cho‘yan rotorini aylanishidagi balansini ta’minlaydigan texnologiya markazdan qochma kuchning rotor massasiga aylanish tezligining bog‘liqlik grafigi asosida ishlab chiqilgan;
modifikatorlarni qolip ichida qo‘llash asosida oq cho‘yanning eyilishbardoshligini oshirish uchun modifikatsiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
materialning teplofizik xossalari asosida sovutgichning turi va geometrik o‘lchamlari bilan qolipdagi quymaning xajmi orasidagi issiqlik almashinuvini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqilgan;
oq cho‘yan karbidlarining ishchi yuzaga nisbatan perpendikulyar joylashishini ta’minlash uchun qolip ichidagi kristallanish jarayonini yo‘naltirish texnologiyasi quyma bilan qolip o‘rtasidagi harorat gradienti o‘zgarish qonuniyati asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
300X32N2M2TL eyilishbardosh oq cho‘yanning eyilishbardoshligini karbidlarni ishqalanuvchi yuzaga perpendekulyar yo‘naltirish hisobiga oshirish texnologiyasini ishlab chiqish uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
300X32N2M2TL markali eyilishbardosh oq cho‘yandan olingan suyuq qotishmani quymakorlik qolipiga quyishning rotor aylanishidagi balansini ta’minlovchi texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy etilgan (“NKMK” DKning 2021 yil 27-sentyabrdagi 02-06-07/9277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rotorning xizmat qilish muddati 130 dan 183 soatgacha oshirish imkoninii bergan.
maxsus sovutgichni qo‘llash asosida eyilishbardosh oq cho‘yanning qolip ichidagi yo‘naltirilgan kristallanishini ta’minlaydigan sovutish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy etilgan (“NKMK” DKning 2021 yil 27-sentyabrdagi 02-06-07/9277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, karbidlar 90-92% miqdorining ishqalanuvchi yuzaga nisbatan perpendikulyar joylashuvini ta’minlash ishkonini bergan.
modifikatorlarni qo‘llash asosida oq cho‘yanning eyilishbardoshligini oshirish uchun modifikatsiyalash texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy etilgan (“NKMK” DKning 2021 yil 27-sentyabrdagi 02-06-07/9277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quyma mahsulotning eyilishbardoshligini 8-10% ga oshirish imkonini bergan.