Saburov Xursand Mambetsalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xom ashyolar asosida modifikatsiyalangan bog‘lovchilar bilan ko‘chuvchan qumlarni xossalarini yaxshilash va qo‘llash texnologiyasi”, 05.09.05-“Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD
Ilmiy rahbar: Qosimov Ibroxim Irkinovich texnika fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich – texnika fanlari doktori, professor; Turapov Maxmud Turapovich- texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘chuvchi qumlarni sanoatning texnogen chiqindilari asosida maxsus xususiyatga ega bo‘lgan qotiruvchi samarali tarkiblarni va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suvda eruvchi mahalliy sanoat texnogen chiqindilari asosida quruq qum yuzasida mustahkam himoya qatlamini hosil qiluvchi qotiruvchi-reagent olish imkoniyatlari o‘rganilishi natijasida bu reagentlarni olishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
turli bog‘lovchilarning qum yuzasidagi namlik o‘zgarishi va shimilish jarayonining qonuniyatlari tadqiq qilinishi asosida sintez qilingan «SXM-1» va «SXM-2» polimerlarining qum tarkibidagi granulometrik va mineralogik tarkibining qum himoya qatlamini qotirilishiga ta’siri aniqlangan;
nam va quruq qum yuzasida «SXM-1» va «SXM-2» polimer eritmalari vositasida himoya qatlamini hosil qilish va uning shimilishi, namlikni saqlab turishi jarayonlarining yaxshilanishi asosida shamolga va sovuqqa chidamlilik xossalari yaxshilanishi aniqlangan;
nam va quruq qum yuzasida «SXM-1» va «SXM-2» polimerlari asosida mustahkam himoya qatlamini hosil qilish texnologiyasining iqtisodiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «Mahalliy xom-ashyolar asosida modifikatsiyalangan bog‘lovchilar bilan ko‘chuvchan qumlarning xossalarini yaxshilash va qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«SXM-1» va «SXM-2» polimer-bog‘lovchi eritmalari asosida qum yuzasida mustahkam monolit himoya qatlamini olish texnologiyasi Miskin- Uchquduq temir yo‘l stansiyasi oralig‘idagi temir yo‘lning 123-138 kilometrida qo‘llanildi. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 10.05.2021 yil № 05/15 24-94 sonli ma’lumotnomasi); Natijada “SXM-1 va SXM-2” rusumli polimerlarni qo‘llash natijasida poliakrilamid polimeriga qaraganda mustahkamlikni 25-30% ga oshirishga, tannarxni 27,44 % ga kamaytirishga, qo‘llash texnologiyasi natijasida ish samaradorligini 110-120% ga oshirib, inson qo‘l mehnatini 15-20% qisqartishga erishilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi avtomobil yo‘llarining "4k-43/d/h-Amudaryo-Uchquduq-Toshovuz» yo‘lida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02/3757-4228-son ma’lumotnomasi.) Natijada xorijdan valyuta hisobiga keltiriladigan polimer bog‘lovchilardan butunlay voz kechish, kompozisiyalarni 100% «SXM-1» va «SXM-2» qo‘shimchalariga almashtirish imkoniyati yaratilgan.