Toshboev Zohid Baxron o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l saralash tepaligi avtomatika va telemexanika nazorat qurilmalarini takomillashtirish”, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2417
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazrilla Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; O‘roqov Olimjon Xikmatullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l saralash tepaligi avtomatika va telemexanika nazorat qurilmalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l saralash tepaligidagi uzilmalarning tezligi va og‘irligiga mos ravishda oraliq vaqt intervallarini aniqlash uchun texnik foydalanish qoidalariga muvofiq ravishda boshqaruv va nazorat usuli takomillashtirilgan;
temir yo‘l saralash tepaligida uzilmalar oraliq vaqt intervallarini nazorat qilish uchun bir tekis tezlanuvchan tenglama asosida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida uzilmalarning tezligini aniqlash matematik modeli takomillashtirilgan;
temir yo‘l saralash tepaligidagi uzilmalarning og‘irligi, tezligi va g‘ildirak juftligini hisoblash uchun mexanik kuchlar nazariyasi asosida vagon sekinlashtirgich mexanizmini mikroprotsessorli boshqaruv va nazorat qurilmasi ishlab chiqilgan;
temir yo‘l saralash tepaligida avtomatika va telemexanika nazorat qurilmalarini tepalik elektr markazlashtirish tizimi bilan bog‘lash uchun energiya tejamkor va haliqitbardosh texnologiyalar asosida mikro-protsessorli simsiz boshqaruv usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l saralash tepaligi avtomatika va telemexanika nazorat qurilmalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
temir yo‘l saralash tepaliklarida avtomatlashtirilgan mikroprotsessorli boshqaruv usuli asosida saralash tepaligi avtomatika va telemexanika boshqaruv va nazorat qurilmasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi «Chuqursoy» stansiyasining saralash tepaligida 166 strelka 13 va 14 yo‘llarida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining 2021 yil 3-maydagi №01/1586-21-son ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqot natijalari saralash stansiyasida tarkibdan uzilmalarni ajratish intervalini qisqartirishga hamda vagonlar tepalikda kutib qolish vaqtlari bitta uzilma uchun 5-sekuntga qisqartirilgan.
temir yo‘l saralash tepaliklarida avtomatlashtirilgan mikroprotsessorli boshqaruv usuli asosida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi «Xovos» stansiyasining saralash tepaligida 24-strelka 21 va 22 yo‘llariga vagon sekinlashtirgich mexanizmining nazorat va boshqaruv qurilmasi amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining 2021 yil 3-maydagi №01/1586-21-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida stansiyada poezdlar harakati xavfsizligini oshirish imkoniyati, manyovr ishlarida vagonlarning harakatlanish tezligini kamaytirish yo‘llari, harakatlanuvchi vagonlarning avtomatlashtirilgan tormozlanishining ta’minlanishi, kam samarali va xavfli qo‘l mehnatini bartaraf etish hamda uzilmalarni tartib bo‘yicha saralash ishlari sezilarli darajada ko‘paytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish