Mamatqulov Akmal Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 50-80 yillarida Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirish siyosati (Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayoni misolida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar22.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sobiq Sovet davlatining iqtisodiy rayonlashtirish siyosati va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakat xalq xo‘jaligining muayyan territorial qismi iqtisodiy rayon deb atalib, bu mintaqalar mamlakatning boshqa mintaqalariga nisbatan o‘zining ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishi bilan ajralib turganligi, har bir rayon mamlakatdagi kengaytirilgan sotsialistik takror ishlab chiqarishining bir butun tizimida rivojlanib, yagona xalq xo‘jaligiga o‘z hissasini qo‘shganligi, bu hissa butun sotsialistik ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy qonuniga muvofiq ravishda ta’minlaganligi aniqlangan;
iqtisodiy rayonlar sotsialistik xo‘jalik yuritish tizimi asoslariga ko‘ra mehnatning mintaqaviy bo‘linishi natijasida paydo bo‘lganligi, hududiy, tarmoqlararo boshqaruvlarga asoslanganligi, butun sovet davlati shu orqali moddiy va madaniy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirilishini ta’minlaganligi isbotlangan;
iqtisodiy rayonlashtirish natijasida O‘rta Osiyo respublikalarida paxtachilik, ipakchilik, qorako‘lchilik, qishloq xo‘jaligi uchun mashinasozlik rivojlanganligi, gidroenergetika va gaz qazib olishga ixtisoslashganligi, O‘rta Osiyo mintaqasida O‘zbekiston o‘zining ikki asosiy xususiyati – iqlimi-er-suv resurslari, boy er osti boyliklariga egaligi hamda tug‘ilishning yuqoriligi va ishchi kuchining etarliligi bilan ajralib turganligi aniqlangan;
Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayonida oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, turli sanoat korxonalari asosan Samarqand, Buxoroda joylashganligi, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlar sanoatining asosiy yo‘nalishlari paxtachilikka ixtisoslashib paxtani qayta ishlash sanoati rivojlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi tarixi oid ilmiy xulosa va takliflardan:
O‘rta Osiyo respublikalari xalq xo‘jaligi paxtachilik, ipakchilik, qorako‘lchilikka moslashganligi, unda O‘zbekistonning o‘rni, xususan, Surxondaryo iqtisodiy rayonida, ingichka tolali paxta etishtirishga alohida e’tibor qaratilganligi, biroq, mahalliy aholida moddiy manfaatdorlikning bo‘lmaganligi, rejani bajarishning qat`iy talabi xo‘jalik rahbarlarida son ketidan quvib, sifatga e’tibor bermaganligi kabi bir qator natijalardan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan 8 ta seminarlarda, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritada foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2020 yil 14 dekabrdagi 07-07/5943-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlar va boshqa tinglovchilarda sovet davlati hukmronligi yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayonining mamlakatning asosiy xom ashyo etishirib beruvchi mintaqasi bo‘lib kelganligi, iqtisodiyotda yo‘l qo‘yilgan xatolar, xo‘jalik yuritish prinsiplarining buzilishiga olib kelganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkoniyat yaratilgan;
iqtisodiy rayonlashtirish natijasida O‘rta Osiyo respublikalarida - paxtachilik, ipakchilik, qorako‘lchilik, qishloq xo‘jaligi uchun mashinasozlik rivojlanganligi, gidroenergetika va gaz qazib olishga ixtisoslashganligi, Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayoni O‘zbekiston SSRdagi katta iqtisodiy rayonlardan biri sifatida shakllanib, gaz, kimyo sanoati, mashinasozlik, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi, biroq, mehnat qilayotgan kishilarda moddiy manfaatdorlikning yo‘qligi, rejani bajarishning qat’iy talablari o‘z ishiga loqaydlik qishloq xo‘jalik sohasi rahbarlarining mas’uliyatsizligini kuchaytirib yuborganligi, raqamlarning ortidan quvish, ishning sifatiga mutlaqo e’tibor bermaslik, g‘o‘zani chopiq va kul`tivatsiya qilish ustidan nazorat olib borilmaslik kabi holatlar viloyat qishloq xo‘jaligida qator muammolarni keltirib chiqarganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida fermerlik, tadbirkorlik va rahbarlik bilash shug‘ullanayotgan yoshlar faoliyatini yanada rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 6 avgustdagi 2-13-23-2030-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, fermerlik, tadbirkorlik, kichik biznes bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish va bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovet hukumatining mamlakat xalq xo‘jaligini tinch izga o‘tkazish borasida amalga oshirgan tadbirlari, sotsialistik ishlab chiqarish, iqtisodiyotni qat’iy rejalashtirish, mamlakat xalq xo‘jaligining muayyan territorial qismi hisoblangan iqtisodiy rayonlar, xususan, Katta O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni o‘zining ixtisoslashtirilganligi bilan yagona xalq xo‘jaligi tizimidagi o‘rni haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 iyuldagi 40-40/1204-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi tomoshabinlarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni mamlakatning asosiy xom ashyo etishtirib beruvchi mintaqasi sifatidagi ahamiyati bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirish imkonini bergan.