Sodikov Akmal Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash samaradorligini oshirish masalalari», 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu408.
Ilmiy rahbar: Saydullaev Shaxzod Alixanovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Akilov Alimjan Raximovich, yuridik fanlar doktori, professor; Berdiyarov Shuxrat Namazboevich yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jarayonida axborot bilan ta’minlash munosabatlarini ilmiy-nazariy nuqtai nazardan kompleks tadqiq etish orqali O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligi jarayonida axborot bilan ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va axborotni to‘plashni normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash bosqichi sifatida belgilash zarurligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihasiga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarda bayon qilinadigan axborot aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning amaldagi qonunchilik mukammal emasligi bilan sabab-oqibat aloqasini ko‘rsatib berishi zarurligi asoslantirilgan;
norma ijodkori tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda asoslanmagan fikr-mulohaza va takliflar qabul qilinmasligi hamda uning natijasida vujudga kelgan oqibatlar uchun javobgarlik masalasi manfaatdor organning zimmasiga yuklatilishi zarurligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishda ishlab chiquvchining tashabbusi bilan shartnoma asosida mutaxassis jalb qilish mexanizmini joriy etish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari mavzusini tadqiqot etish bo‘yicha olingan xulosalar natijalari asosida:
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va axborotni to‘plashni normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash bosqichi sifatida belgilash zarurligi haqidagi taklifdan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasi birinchi qism to‘rtinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 9 noyabrdagi №12-18-22-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi axborot to‘plash jarayonini normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashning alohida bosqichi sifatida belgilashga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihasiga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarda bayon qilinadigan axborot aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning amaldagi qonunchilik mukammal emasligi o‘rtasida sabab-oqibat aloqasini ko‘rsatib berishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil
20 apreldagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» gi O‘RQ–682-son Qonuni bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotining 92-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 9 noyabrdagi №12-18-22-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda aniq ilmiy-amaliy dalillarga tayanishga va amaliyotdagi muammolarni hal qilishning aniq asoslantirilgan mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
norma ijodkori tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda asoslanmagan fikr-mulohaza va takliflar qabul qilinmasligi hamda uning natijasida vujudga kelgan oqibatlar uchun javobgarlik masalasi manfaatdor organning birinchi rahbari zimmasiga yuklatilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 apreldagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» gi O‘RQ–682-son Qonuni bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotining 104-bandini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 9 noyabrdagi №12-18-22-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni inobatga olinishi norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash va norma ijodkorligi jarayonida berilgan takliflarni inobatga olish jarayonida tegishli sub’ektlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishda ishlab chiquvchining tashabbusi bilan shartnoma asosida mutaxassis jalb qilish mexanizmini joriy etishga oid taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 oktyabrdagi 662-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandini tayyorlashda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 9 noyabrdagi №12-18-22-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjat loyihasini lingvistik ekspertizasini o‘tkazish mexanizmlarini aniq belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish