Tairov Doston Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Podagra va yurak qon tomir zararlanishlarining komorbid kechuvi: diagnostika va davolash usullari», 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1073.
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedova Saodat Xabibovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ahmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Ryazan davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metabolik sindrom va kardiovaskulyar zararlanishlarning podagra kasalligi og‘irlik indeksiga bog‘liqligini baholash orqali diagnostika va davolash tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
podagra kasalligida kardiovaskulyar zararlanishlarning klinik kechishi giperurekemiya va dislipidimiya rivojlanishi orqali asosiy kasallikning og‘irlik indeksi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
podagra bilan kasallangan bemorlarda jamlangan koronar xavf darajasi va asosiy kasallikning klinik kechishi qon tomir devorida kuzatilgan o‘zgarishlar natijasida xavf omillarning ortishi bilan o‘zaro to‘g‘ri korrelyatsion (r=0,86) bog‘liqligi aniqlangan;
podagra bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha miokard massasi saqlangan holda uning konsentrik remodellashuvi oqibatida 34,1% tekshirishlarda diastolik disfunksiya rivojlanishi aniqlangan;
podagrali bemorlarda kasallik asoratlari va yurak qon tomir zararlanishini oldini olishda kombinirlangan va gipourikemik davolash usullari samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Podagra va yurak qon tomir zararlanishlarining komorbid kechuvi: diagnostika va davolash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda miokardning struktur-funksional holati buzilishlarini erta aniqlash va boshqarib bo‘ladigan xavf omillarini bartaraf qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Podagra bilan kasallangan bemorlarda miokardning struktur-funksional holati buzilishlarini erta aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n-r/411- son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarni xavf guruxini aniqlash, podagra kasalligida yurak qon tomir zararlanishining erta profilaktikasi imkonini beradi.
podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda yurak koronar xavf omillarini baxolash orqali kasallikni davolash usullarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan “Podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda jamlangan yurak koronar xavf omillarini erta aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n-r/412- son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma koronar xavf ko‘rsatkichlarini erta aniqlash va bemorlarda xayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillarini erta aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi va Qarshi shahar tibbiyot birlashmalarining klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/17932 - son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.