Amonov Aminjon Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sensonevral eshitish zaifligini klinik-nurli tashxislash va jarrohlik davosini takomillashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib333.
Ilmiy maslahatchi: Kuzovkov Vladislav Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfitdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eugeniyus Lesinskas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva); Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sensonevral eshitish zaifligining kompleks tashxisotini takomillashtirish va klinik-nurli tekshiruvlar natijalari asosida koxlear implantatsiya samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sensonevral eshitish zaifligida klinik-nurli tekshiruvlar kompleksi natijalariga tayanib koxlear implantatsiya jarrohligi bajarilish tomonini tanlash asoslangan;
ilk bor ichki quloq mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnitli-rezonans tomografiyasi natijalari yordamida koxlear implantning kiritilish chuqurligi va faol elektrod zanjiri turi aniqlangan;
ilk bor o‘rta quloqning surunkali ekssudativ otiti va surunkali yiringli otiti bilan hamroh sensonevral eshitish zaifligi va karlikda koxlear implantatsiya jarrohligining samaradorligi isbotlangan;
ilk bor koxlear implantatsiya qilingan bolalarning chakka suyaklari tuzilishi klinik-anatomik xususiyatlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilib, ichki quloq tuzilmalari uchun orqa koxleostomani o‘rnatish va chig‘anoq darcha membranasining oldingi qismlari orqali nog‘ora narvoniga kirishning xavfsizligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda o‘rta va ichki quloqning turli patologiyalarida IV darajali sensonevral eshitish zaifligi va karlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarining samaradorligi isbotlagan;
ilk bor IV darajali sensonevral eshitish zaifligi va karlik bo‘lgan bolalarda koxlear implantatsiyaning jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlari tizimlashtirilgan va davolash usullari samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sensonevral eshitish zaifligini klinik-nurli tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sensonevral eshitish zaifligi mavjud bemorlarni tashxislash va davolash usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Sensonevral eshitish zaifligini olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8n-r/646-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma IV darajali sensonevral eshitish zaifligi va karlik rivojlanishining klinik-patogenetik omillarini o‘rganish, erta tashxis qo‘yishni optimallashtirish, kasallik kechishini bashorat qilish va amalga oshirilayotgan davolash tadbirlari samaradorligini oshirishga oshirishga xizmat qilgan;
koxlear implantatsiyaga nomzod bolalarni kompleks tekshirish natijalari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Koxlear implantatsiyaga nomzod bolalarni kompleks tekshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8n-r/647-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma IV darajali sensonevral eshitish zaifligi va karlik diagnostikasi va davolashni optimallashtirish, koxlear implantatsiyaning jarrohlik bosqichidagi asoratlar sonini kamaytirishga oshirishga xizmat qilgan;
ichki quloq rivojlanishidagi anomaliyalarda o‘tkazilgan koxlear implantatsiya jarrohlik usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ichki quloq rivojlanishidagi anomaliyalarda koxlear implantatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 8n-r/648-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ichki quloq rivojlanishidagi anomaliyalarda sensonevral eshitish zaifligini jarrohlik yo‘li bilan samarali davolash va o‘z vaqtida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga oshirishga xizmat qilgan;
sensonevral eshitish zaifligini klinik-nurli tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qashqadaryo viloyat bolalar tibbiyot markazi, «Happy Life Medical Centre» klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-d/10- son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi IV darajali sensonevral eshitish zaifligi va karlik tashxisoti va davosi sifatini oshirish, jarrohliklar asoratlari sonini va nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.