Sayt test rejimida ishlamoqda

Yulchieva Surayyo Baxramovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati uskunalarini himoyalash uchun antikorrozion kompozision qoplamalarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc./T467.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tolipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Rustamov Raxmatilla Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati uskunalarini himoyalash uchun antikorrozion kompozision qoplamalarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuq shishali kompozisiyalarning gidratlanish va struktura shakllanish jarayonining qonuniyatlari gidroliz spirtini ishlab chiqarish agressiv muhiti uchun ishlab chiqilgan;
kompozisiyada gelga o‘xshash xolatga o‘tuvchi gidrosilikat ishqorlarining hosil bo‘lishi hisobiga suyuq shishaning gidrolizida natriy kremniyftoridi bilan reaksiyaga kirishmagan ishqor to‘ldiruvchi donalarini emirishi, natijada to‘ldiruvchining kremniy kislotasi geli bilan mustaxkam bog‘lanishi ta’minlanganligi aniqlangan;
kompozisiya strukturasining zichlashishi kremnezem modulining ortishi hisobiga amalga oshishi natijasida shunday shishalar yanada polimerlangan va o‘zining kremniy-kislorodli karkasida zich strukturaga ega bo‘lib, kompozitning monolit, yuqori mustaxkam, suv va kislotaga chidamli strukturasining shakllanishi hisobiga porfirit va vollastonit zarrachalarining yuqori darajada sementlanishi uchun sharoit yaratilganligi aniqlangan;
polimer qo‘shimchalar birlashtiruvchi agent vazifasini bajarib, to‘ldiruvchi zarrachalarida adsorbsiyalanishi natijasida bog‘lovchining to‘ldiruvchi bilan kimyoviy bog‘lanishi natijasida gidrosilikatlar hosil bo‘lishi va sul`fit-sellyuloza ishlab chiqarishidagi to‘yintiruvchi tuzli muxitida polimer qo‘shimchalar bilan modifikatsiya qilingan bog‘lovchi asosidagi materialning korroziya mexanizmi aniqlangan;
materialning qotishi koagulyasiya va polikondensatsiya jarayonlari bilan kechishiga asoslanib, Si-O-Si bog‘larning tashkil bo‘lishiga olib keluvchi fazaviy struktura paydo bo‘lishi va silanol guruxlarning (SiOH) kondensatsiyasini ta’minlab berib, uning singdirmaslik, mustaxkamlik va korrozion bardoshlilik ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishiga olib kelishi aniqlangan;
suyuq shisha kompozisiyalar yuzasida komponentlarning o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘lgan gel maxsulotlari va erimaydigan birikmalar turli korroziyali muhitda kimyoviy bardoshlilikni oshirib beruvchi mayda kristalli, bir xil tuzilishga ega struktura hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo sanoati korxonalari uskunalarini himoyalash uchun korroziyabardosh kompozision materiallar va ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziyabardosh kompozision suyuq shishali materiallar va ular asosidagi qoplamalar «Namanganvino» MChJda gidroliz sexi sig‘imlarini ichki yuzasini qoplashda joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligi»ning 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2426-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidroliz sexi sig‘imlarini va qurilmalarining agressiv muhit ta’siriga bardoshligini, ishlash qobiliyatini va samaradorligini, ish unumdorligini oshirish, ularning energo- resurs tejamkorligini oshirish imkonini bergan;
antikorrozion kompozision materiallar va ular asosidagi qoplamalar «Namanganvino» MChJda sanoatning turli sohalarida agressiv muhitda ishlatiladigan uskuna va qurilmalarini korroziyadan himoya qilishda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligi»ning 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2426-son ma’lumotnomasi). Natijada, agressiv muhitda ishlaydigan uskuna va qurilmalarning umrboqiyligini 2,5 marta oshirish imkonini bergan;
yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi antikorrozion kompozision qoplamalar «Namanganvino» MChJda gidroliz sexida agressiv muhitdagi qurilmalarining sirt yuzasini qoplashda joriy qilingan («O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligi»ning 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2426-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Namanganvino» MChJning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish