Sayt test rejimida ishlamoqda

Umirov Abdisalom To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish», 
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.4.PhD/Iqt723.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Ilhom G‘iyozovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta xizmatlarini kengaytirish va sug‘urtalovchining investision jozibadorligini oshirishda kognitiv ssenariysiga muvofiq uch dasturni joriy qilish orqali sug‘urtalovchining investision jozibadorligi 5,1 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlarining raqobatbardosh ustivorligini ta’minlashda sug‘urta polislari to‘lovlarini virtual to‘lov tizimlariga integratsiyalash orqali sug‘urta mukofotlarini 1,1 barobarga oshirish asoslangan;
uzoq muddatli yig‘ib boriladigan hayot sug‘urtasining raqabotbardoshligini oshirishda sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatidan ko‘rilayotgan daromadlar hisobiga sug‘urtalanuvchi jismoniy shaxsga sug‘urta shartnomasi muddati tugayotgan paytda sug‘urta summasi bilan birga to‘lanayotgan bonus miqdorini 5 foizga oshirish taklif etilgan;
sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta badallarini qaytish ehtimolini ko‘paytirishda kam qiziqish bildiriladigan infeksiya kasalliklaridan sug‘urtalashni ixtiyoriy tibbiy sug‘urta turlari bilan birgalikda kombinatsiyalashgan tarzda sotish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
sug‘urta xizmatlarini kengaytirish va sug‘urtalovchining investision jozibadorligini oshirishda kognitiv ssenariysiga muvofiq uch dasturni joriy qilish orqali sug‘urtalovchining investision jozibadorligi oshirish taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJ ning sug‘urta dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJ ning 2021 yil 31 mart 02-09-14/782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida sug‘urta kompaniyasining investision jozibadorligi 5,1 foizga oshishi imkoniyatini yaratgan;
sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlarining raqobatbardosh ustivorligini ta’minlashda sug‘urta polislari to‘lovlarini virtual to‘lov tizimlariga integratsiyalash orqali sug‘urta mukofotlarini oshirish bo‘yicha taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJ ning sug‘urta xizmatlarida foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJ ning 2021 yil 31 mart 02-09-14/782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qo‘llanishi natijasida aholiga sug‘urta xizmatlarini tez va qulay tarzda etkazib berish hamda mijozlar qamrov darajasini va sug‘urta mukofotlarini elektron tarzda qabul qilish bir necha barobarga oshirilgan;
uzoq muddatli yig‘ib boriladigan hayot sug‘urtasining raqabotbardoshligini oshirish sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatidan ko‘rilayotgan daromadlar hisobiga sug‘urtalanuvchi jismoniy shaxsga sug‘urta shartnomasi muddati tugayotgan paytda sug‘urta summasi bilan birga to‘lanayotgan bonus miqdorini oshirish bo‘yicha taklifi «Alskom Vita» sug‘urta kompaniyasining hayot sug‘urta tarmog‘i bo‘yicha ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlarida foydalanilgan («Alskom Vita» sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 16 fevraldagi 22-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qo‘llanishi natijasida sug‘urtalanuvchiga qo‘shimcha 5 foiz bonus berish amaliyotini joriy etish hisobiga 1 723,94 mln. so‘m sug‘urta mukofotini to‘planishiga erishilib, bu ko‘rsatkich oldingi yilga nisbatan 3,2 barobarga ortgan;
sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta badallarini qaytish ehtimolini ko‘paytirishda kam qiziqish bildiriladigan infeksiya kasalliklaridan sug‘urtalashni ixtiyoriy tibbiy sug‘urta turlari bilan birgalikda kombinatsiyalashgan tarzda sotish bo‘yicha taklifi «Alskom Vita» sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalanuvchilarga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlarida foydalanilgan («Alskom Vita» sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 16 fevraldagi 22-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qo‘llanishi natijasida, infeksiya kasalliklaridan sug‘urtalash turi bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari miqdori ilk bor 126,7 mln. so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish