Bekanov Kuatbay Koshkarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Orolbo‘yi murakkab ekologik sharoitidagi erlardan foydalanishni optimallashtirishda geoinformatika metodlarini qo‘llash», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Gr125.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshkobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adenbaev Baxtiyar Embergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Oymatov Rustam Qamariddinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geoinformatsion, kartografik va masofadan zondlash metodlari asosida Orolbo‘yi murakkab ekologik sharoitidagi erlardan oqilona foydalanish va ularni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GAT dasturlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi er resurslari geografik ma’lumotlar bazasini yaratish uslubiyati takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini ifodalovchi kartalarni yaratish jarayonlari zamanoviy GAT dasturlari asosida avtomatlashtirilgan;
masofadan zondlash usullari asosida o‘simliklarning normallashgan farqlash indeksi va er turlari kartalaridan foydalanib er resurslari monitoringi takomillashtirilgan;
Esri Story Map Series dasturi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yining er resurslari web-kartalari seriyasi yaratilgan;
ArcGIS dasturida Python va Model builder vizual dasturlash tillarini qo‘llab, ssenariy kartalari asosida qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Orolbo‘yi murakkab ekologik sharoitidagi erlardan foydalanishni optimallashtirishda geoinformatika metodlarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GAT dasturiy ta’minotlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining er resurslari geoma’lumotlar bazasi va uning tarkibiy qismi kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotida er axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2021 yil 19 iyuldagi 1117-son ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslarining geoinformatsion ta’minotini kengaytirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini ifodalovchi kartalarni yaratish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlanmalari qishloq xo‘jaligi kartalarini yaratishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 01/010–2387-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi erlarining hosildorligi bo‘yicha operativ vizual ma’ulumotlar olishga imkon yaratilgan;
kosmik surat va dronlardan olingan masofadan zondlash ma’lumotlarini fazoviy geodezik bog‘lash usuli orqali yaratilgan o‘simliklarning normallashgan farqlash indeksi kartalari va er monitoringining takomillashtirilgan usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida er monitoringini va nazoratini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 01/010–2387-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2021 yil 19 iyuldagi 1117-son ma’lumotnomalari). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi er resurslari holatini baholash va er monitoringini o‘tkazishni takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
Esri Story Map Series dasturi orqali yaratilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi hududlarining er resurslari web-kartalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida qishloq xo‘jaligi erlari monitoringini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 01/010–2387-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishda asosiy ma’lumotnoma sifatida tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini bergan;
ArcGIS dasturida Python va Model builder vizual dasturlash tillarini qo‘llab yaratilgan qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni optimallashtirish modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida sug‘oriladigan erlarga qishloq xo‘jaligi ekin turlarini oqilona joylashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 01/010–2387-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik va iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni optimallashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish