Ismoyilov Furqat Barotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Junni dastlabki ishlashda takomillashtirilgan texnologik jarayonni tadqiq qilish”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1186
Ilmiy rahbar: Hakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Hamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor, Hayitov Axror Axmadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi junni titish mashinasining takomillashgan konstruksiyasini ishlab chiqish orqali tozalash samaradorligini oshirish va ishchi qismlarining ratsional ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
junni titish mashinasida takomillashtirilgan ta’minlash valiklari va tozalash kamerasida o‘tkir burchak shaklli kolosniklar loyihalangan hamda tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan mashinaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan titish mashinasida qo‘shimcha bir juft ta’minlash valiklarining tozalash samaradorligiga ta’siri aniqlangan, valiklar orasidagi masofaning ratsional qiymatlari asoslangan;
kolosnik panjara yoyi bo‘ylab jun xomashyosining zichligi o‘zgarishi matematik modellar asosida izohlangan, nazariy-tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida kolosnik panjaraning takomillashgan konstruksiyasi yaratilgan;
qoziqli baraban va kolosnikli panjara orasidagi masofaning jun xomashyosi tarkibidan iflos aralashmalarni ajralish koyfisenti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Junni dastlabki ishlash korxonalarida titish tozalash jaryonini yaxshilash asosida, shuningdek yangi konstruksiyali uskunaning parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
junni dastlabki ishlash korxonalarida titish tozalash jaryonini yaxshilash asosida sifatli tola olish samaradorligini oshirishni va energiya tejamkorlikni ta’minlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlar asosida yangi konstruksiyadagi titish masshinasining konstruksiyasini yaratilgan va № FAP 01555-sonli foydali model O‘zbekiston Respublikasi patenti olingan;
yangi uskunani “O‘zcharmsanoat” uyushma tarkibidagi korxonalarda jumladan, Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod tumanidagi “Oqbo‘taeva Zulxumor” XK, Buxoro shahar “Tinchlik” XK korxonalarida joriy etilgan bo‘lib (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining ma’lumotnomasi 13 iyul` 2021 yil №FB-7/1928). Tozalash samaradorligi takomillashtirilgan junni titish mashinasidan foydalanilganda baxorgi junda 10% dan 14,5% ga kuzgi junda esa 13% dan 20,2% ga yaxshilanishiga erishilgan.