Karimov Anvar Mirzoxidovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik kardiomiopatiya va qandli diabet 2 tip bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali aralashuvning samaradorligini aniqlash», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1509.
Ilmiy raxbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Daniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori; Rasulova Zulfiya Dadaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik kardiomiopatiyali 2-tipdagi qandli diabeti bor bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlarning samaradorligini prognozga ta’sirini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chap qorincha otish fraksiyasi past bo‘lgan ishemik kardiomiopatiyali va 2 tipdagi qandli diabeti bor bemorlarda SYuE ning klinik belgilari va simptomlarining ifodalanganligi, yurak remodellanishining o‘ziga xos xususiyatlari va shikastlangan koronar qon tomirlar semiotikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
chap qorincha otish fraksiyasi past bo‘lgan ishemik kardiomiopatiyali  bemorlarda 70% dan ko‘p hollarda yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlari ekssentrik remodellanish uchun xos bo‘lgan o‘zgarishlarga ega ekanligi hamda II tipdagi qandli diabet bilan shartlanganda miokard tuzilmasi va funksiyasining o‘zgarishlari yaqqolroq ifodalangan morfofunksional o‘zgarishlar bilan kuzatilishi aniqlangan;
stentlash bilan birga o‘tkazilgan toj arteriyalarining angioplastikasi muolajasining 48% hollarda yaxshi klinik samaradorligi (jismoniy zo‘riqmalarga chidamlilikning ortishi, yurak etishmovchiligining funksional sinfini kamayishi) va ijobiy angiografik muvaffaqiyat isbotlangan va bu komorbid 2-tipdagi qandli diabeti bor chap qorinchaning otish fraksiyasi pasaygan ishemik kardiomiopatiyali bemorlarda  miokardning inotrop funksiyasini 5% va undan ko‘pga yaxshilashi isbotlangan;
ilk bor endovaskulyar revaskulyarizatsiyani o‘tkazgan va uglevodlar almashinuvi buzilishlariga ega chap qorincha otish fraksiyasi pasaygan ishemik kardiomiopatiyali bemorlarda muolajaga bo‘lgan ijobiy javobni prognoz qilishga imkon beruvchi (SYNTAX bo‘yicha past 22 balldandan kam), yurak urisht soni 80 zarb/daqiqadan kam, nisbatan yosh bemorlar, dastlab jismoniy zo‘riqmalarga yuqori chidamlilik (≥ 210m), chap qorinchaning oxirgi diastolik hajmning 200 ml dan kam va chap qorincha otish fraksiyasi kamida 38% bo‘ladigan) prediktorlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishemik kardiomiopatiya va qandli diabet 2 tip bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali aralashuvning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Ishemik kardiomiopatiyaning differensial diagnostikasi usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 8N-R/501-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik rivojlanishini erta aniqlash, kasallik kechishi va prognozni yaxshilash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda kasallikni erta tashxislash va angioplastikani ta’sirini bashoratlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati kardiologiya markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbi1t markazining Jizzax filiali amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 07-09/01-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilishi yurak ishemik kardiomiopatiyasi bor bemorlarda kasalliklarni tashxislash sifatini yaxshilash va intervension taktikasini qo‘llashda differensial yondoshishni optimallashtirib kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish