Saidov Hakim G‘ofurovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vatanparvarlik va milliy g‘ururning harbiy xodimlar professiogrammasidagi o‘rni”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal254.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqolpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy xodimlar professiogrammasida vatanparvarlik va milliy g‘urur fenomenlarining o‘rnini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berish hamda soha faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy chaqiruv yoshidagi yoshlarda vatanga sodiqlik, harbiy texnik bilimlar va mashqlarga qiziqishini ortirish, aholi punktlarida tinchlikni saqlash, dislokatsiya bilan bog‘liq jug‘rofiy va ekologik tasavvurlar asosida potensial harbiy xodimlarga aylantirish   kabi  unikal-funksional xususiyatlari  ochib berilgan;
harbiy xodimlar funksiyalarida, harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashi, o‘z huquqi va askariy mahoratini takomillashtirishi, ularning  kasbiy bilim  va  mahoratiga deterministik  ta’sir  etishi  umummillat  manfaatlarini  shakllantiruvchi  mezon ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
harbiy xodimlar professiogrammasida vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘usi, vatanga sodiqlik, milliy manfaatlarni himoya qilish kabi etnodifferensial  xususiyatlarning  intellektual  boy  va  sotsiokreativ  harbiy xizmatchilarni kasbga yo‘naltirishda   fidoiylik,  mas’uliyatlik kabi yuksak kasbiy burch va islohotlarga daxldorlik tamoyillarining ahamiyati falsafiy jihatdan ochib berilgan;
harbiy tizimning shakllanish jarayonida xodimlar professiogrammasidagi fidoiylik, al`truizm, jasorat, mardlik singari kasbiy kompetentlikning kratologik funksiyalari falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda harbiy soha xodimlarining professiogarammasida vatanparvarlik va milliy g‘ururning o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
harbiy tizimning shakllanish jarayonlari, harbiy xodimlar professiogrammasidagi kasb-kor va ma’naviy-axloqiy fazilatlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatiga oid xulosalari, taklif-tavsiyalaridan “Globallashuv asoslari” nomli darslikning “Ma’naviy tahdidlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari” deb nomlangan mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 89-03-207-con ma’lumotnomaci). Natijada, mazkur darslikni ilmiy jihatdan takomillashtirish asosida talaba-yoshlarni  ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuksalishiga xizmat qilgan;
yoshlardagi vatanga sodiqlik, harbiy-texnik bilimlar va mashqlarga qiziqishini orttirish, ularni potensial harbiy xodimlarga aylantirishga doir taklifva tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi akademik liseylariga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma ish, nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2021 yil 4 yanvardagi 2/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organlari xodimlarida Vatanga sodiqlik, davlat sirlarini oshkor etmaslik, ichki va tashqi xavfni bartaraf etish uchun o‘z hayotini ayamaslik, milliy manfaatlarni ustuvor deb bilish kabi yuksak kasbiy burch va mas’ulitni shakllanishi hamda mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
harbiy xodimlar professiogrammasidagi vatanparvarlik va milliy g‘urur maxsus normativ hujjatlar (Harbiy doktrina, maxsus qonunlar, Nizomlar, Mudofaa vazirligi buyruqlari) orqali shakllantirilsa-da, ular tashqi (dushmanning qo‘qqisdan hujumi) va ichki (shaxsning xissiy kognitiv kechinmalari) omillar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkinligiga oid xulosalaridan, taklif va tavsiyalaridan Namangan viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Vatanparvarlik” ko‘rsatuvi dasturi senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 5 yanvardagi 01-01-04-son ma’lumotnomaci). Natijada, yoshlarda Vatanga  sadoqat ruhini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitusion majburitlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish