Ro‘ziev Anvar Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston mustaqilligi yillarida tarixiy dunyoqarash va milliy o‘zlikni anglash masalalari”, 09.00.03-Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal163.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Karimov Soyimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Ravshanbek, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida tarixiy dunyoqarash va milliy o‘zlikni anglash masalalarini falsafiy jihatdan ochib berish, yoshlarda tarixiy dunyoqarashni shakllantirish orqali milliy o‘zlikni anglashni kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voqelikka munosabat, daxldorlik hissiyoti, mafkuraviy ta’sir hamda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlari “tarixiy dunyoqarash” hodisasining deterministik sifatlari sifatida namoyon bo‘lishi mantiqiy isbotlangan;
tarixiy dunyoqarashda nafaqat tarixni bilishga intilish, balki unga qadriyatli munosabatda bo‘lish orqali o‘zlikni anglash hamda dunyoni falsafiy jihatdan idrok etish, tushunish va xulosa chiqarish kabi immanent belgilarining ustuvorlashuvi davr xarakteri negizida asoslab berilgan;
xulq-atvorga oid zamonaviy muammolar echimiga yangicha yondashuvni ishlab chiqishda “o‘tmish-bugun-kelajak” tamoyilining ustuvorligi sabab va oqibat, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik kabi falsafiy kategoriyalari asosida dalillangan;
yoshlarning tarixga, milliy urf-odatlarga bo‘lgan pozitiv munosabatini yanada faollashtirishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning oila, tarix, milliy meros, an’ana, urf-odatga doir ta’sirchan ma’lumotlar bazasini kengaytirish zarurligi sotsiometrik so‘rov asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida tarixiy dunyoqarash va milliy o‘zlikni anglash masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
falsafiy dunyoqarashning maxsus ifodasi sifatida tarixiy dunyoqarash tushunchasining voqelikka munosabat, daxldorlik xissiyoti, mafkuraviy ta’sir, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlari kabi deterministik sifatlari “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan fazilatlar, barkamollik sifatlari va mezonlari”, “Komil inson shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar” kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2491-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy axloqiy kamolotida tarixiy dunyoqarashning ahamiyatiga doir konseptual fikrlar takomillashishiga xizmat qilgan.
tarixiy dunyoqarash va tarixiy ong o‘rtasidagi tarixni falsafiy anglash, o‘zlikni anglash, tarix mohiyatini bilishga zaruriyat va intilish singari integratsional xususiyatlari hamda dunyoni falsafiy jihatdan idrok etish, tushunish va xulosa chiqarish kabi immanent jihatlariga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Barkamol avlodning shakllanishi, unga xos xususiyatlar: yangicha tafakkur, falsafiy dunyoqarash, ma’naviy axloqiy poklik, yuksak ma’naviyat” mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2491-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisini yanada jipslashtirish, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish hamda mafkuraviy immunitetni oshirishda tarixiy dunyoqarashning ahamiyatini dalillashga xizmat qilgan.
yoshlar tarixiy dunyoqarashi va o‘zligini anglashda ommaviy axborot vostialari va ijtimoiy tarmoqlar hamda milliy urf-odatlarning pozitiv va dinamik ta’sirini ochib berishga qaratilgan taklif va tavsiyalaridan Sog‘liqni saqlash vazirligining “Eng yuqori reytingli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy amaliy markazlari” tanlovi tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8-9-8/709-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisini millatparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy kamoloti bo‘yicha olib borilayotgan va erishilgan ulkan, tarixiy natijalarning umumlashmalari ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan.
xulq-atvorga oid zamonaviy muammolar echimiga yangicha yondashuvni shakllantirishda tarixiy dunyoqarashning zarurligiga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi-ning 2020 yil 11 may kuni efirga uzatilgan “Maftunkor diyor” teleko‘rsatuvining dastur ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 iyuldagi 02-09/593-son ma’lumotnomasi). Natijada, tele va radio ko‘rsatuvlarning ma’naviy-madaniy salohiyatini ko‘tarilishiga va hozirgi globallashuv davrida turli yot g‘oya va ma’naviy xurujlarga qarshi kurasha oladigan yoshlar dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.