Qurbonova Oysha Beknazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «10-11-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1106.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupova Shohida, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili ta’limida 10–11-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi kommunikativ, integrativ, kreativ nutqiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, bayon etish uslublari imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida og‘zaki va yozma nutqining o‘sish ko‘rsatkichini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarga ta’sir qiluvchi pedagogik vositalarni rivojlantirish tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan til o‘rganishga kommunikativ yondashuvlar mazmuni samaradorligini ta’minlashga qaratilgan nutqiy-didaktik, ijodiy-kommunikativ omillarni tavsiflash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli og‘zaki va yozma nutqni korreksiyalashga qaratilgan nostandart, integrativ xarakterdagi mashq va topshiriqlar erkin muloqot qilishiga xizmat qiluvchi matnlarni mustaqil tinglab tushunish o‘quv motivlarini qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘qish, so‘zlash va yozish ko‘nikmalar og‘zaki va yozma nutqning komunikativ xususiyatlar hamda mashq va topshiriqlarni, muammolarni, vaziyatlarni samarali echimlarining sifatlarini mutanosib tarzda rivojlantirilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida 10–11-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish tadqiqotidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili ta’limida nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid ta’lim mazmunini yuqori sinflarda o‘rgatish va rivojlantirish ko‘rsatkichlari mexanizmlariga oid takliflar Ona tili fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Davlat ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining 2021 yil 9 iyundagi 01-489-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalari rivojlanishi, matnni mustaqil idrok etish va yozish malakalari oshishiga erishilgan;
ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarning tarkibiy komponentlarini kompleks tarzda rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan didaktik tamoyillar hamda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi maxsus mashqlar va topshiriqlar tizimiga oid takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-197 raqamli “Ingliz, nemis va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi amaliy grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Davlat ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining 2021 yil 9 iyundagi 01-489-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili ta’limida o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mantiqiylik va kreativlik omillari negizida innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan takliflar Davlat ta’lim inspeksiyasi tomonidan PISA dasturiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida amalda foydalanilgan (Davlat ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining 2021 yil 9 iyundagi 01-489-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-11-sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini baholash tizimi mazmunini takomillashtirishga erishilgan.
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda kommunikativ, integrativ, kreativ, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Ona tili o‘qitish metodikasi” qo‘llanmasi nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-110 ruxsatnomasi). Natijada ona tili fani mazmuni takomillashtirilgan va o‘qitish sifati oshirilgan.