Matkarimova Sadokat Maksudovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm o‘zbeklarining an’anaviy ovqatlanishi”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tar111.
Ilmiy maslahatchi: Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.  
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Berdimuratova Alima Qarlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm o‘zbeklarining an’anaviy taomlari va ovqatlanish madaniyatini hamda uning o‘ziga xos lokal xususiyatlarini tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi o‘zbeklari an’anaviy ovqatlarining shakllanishi, turlari, ularni tayyorlashning qadimiy usullari, an’anaviy taomlarning (juyan kurdik, siqmon, bulamiq, ildirma, qopshirmo, mavshi, shilama, qurmush go‘mma va boshqalar), qandolatchilik mahsulotlarining (nuqul, pechak, peshmak, mijina holva, sochoq holva, labzina, holvaytar, hay-hay, paqlama, qushtili va boshqalar) vohaga xos lokal xususiyatlari etnologik aspektda ochib berilgan, uy-ro‘zg‘or buyumlarining (duoq, susoq, so‘qi, sop, engsa, tir, zog‘omo va boshqalar) nomlari etnografik atama sifatida ilmiy muomalaga kiritilgan hamda mazkur sohada olib borilgan izlanishlarning tizimli bazasi yaratilgan; 
Xorazm vohasining bayram, sayl (qizil gul sayli, olma otish sayli, sumalak sayli, vaxshangom, qovun sayli, qovoq sayli, xirmon to‘yi) va turli marosimlarda tayyorlanadigan an’anaviy taomlar (beshoshi, tuxum qovurdoq, sutburunchi, sho‘rva, palov, qorma, barak), oziq-ovqatlar bilan bog‘liq udum va an’analar (hosil olinganda yig‘ilgan xirmondan “kavsan” berish, endi yurgan bola oyoqlari orasidan kulcha non dumalatish, kelin-kuyovlarga novvotli suv ichirish) hamda irim-sirimlarning (chaqaloqning va sunnat qilingan bolaning yostig‘i ostiga non, tuz qo‘yish, qudalarning peshonasiga un surtish) aholi moddiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni dala etnografik materiallari orqali asoslangan;
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy qadriyatlarni qayta tiklashga oid davlat siyosati va turizmni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor natijasida Xorazm an’anaviy ovqat turlarini o‘rganish hamda ularni brend taomlar (suzma palov, yumurta barak, qo‘tir barak, ushoq barak, ijjon go‘mma, kadi so‘msa, qorma, sutburunchi, go‘ja, dil, bag‘ir, qorin-tuyoq, go‘shtli patir, qizil patir, ijjon, ayron, chakida) darajasida ommalashtirish mumkinligi dalillangan;
voha aholisi taomlarining o‘ziga xos ekologik xususiyatlari, ularni tayyorlashda tabiat ne’matlaridan unumli foydalanish hamda ozuqa mahsulotlaridan shifo vositasi-darmon sifatida foydalanish kabi asriy tajribalaridan amaliyotda foydalanishning ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Xorazm o‘zbeklari an’anaviy taomlarining va ozuqa mahsulotlarining voha aholisi hayoti, xususan onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzi kechirishda tutgan o‘rniga oid tajribalarni yosh avlodga etkazish kabi masalalarning fanga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy-falsafiy mexanizm ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm o‘zbeklarining an’anaviy ovqatlanishi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xorazm vohasi an’anaviy taomlarining voha aholisi hayotida tutgan o‘rni, onalik va bolalikni muhofaza qilishda oziq-ovqat ratsioniga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishni keng targ‘ib etish borasidagi tadqiqot natijalari “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyat boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyat boshqarmasining 2019 yil 15 oktyabrdagi 410-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘zbek xalqining taom tayyorlash, uni saqlash va to‘g‘ri ovqatlanishga oid urf-odatlarini yoshlarga o‘rgatish, sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga xizmat qilgan;
Xorazmdagi an’anaviy taomlar va ovqatlanish tartibi yuzasidan ma’lumotlari asosida “Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ-201709202 sonli davlat amaliy granti loyihasining “Xorazmning an’anaviy taomlari” nomli bo‘limini yozishda foydalanilgan (“Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer qilish markazi”ning 2019 yil 15 noyabrdagi 2/30-son ma’lumotnomasi) hamda loyiha doirasida foto-al`bom tayyorlangan (Xorazmning an’anaviy taomlari. Al`bom. – Moskva: Shkola nauki, 2020). Natijada, O‘zbekistonda, xususan, Xorazmda gastronomik turizmni yanada rivojlantirishda, sayyohlarga taklif etiladigan an’anaviy brend taomlar va ularning foydalilik xususiyatlari bilan tanishtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan; 
to‘g‘ri ovqatlanish, tabiat ne’matlaridan unumli foydalanish hamda ozuqa mahsulotlaridan shifo vositasi va darmon sifatida foydalanish kabi masalalari aks etgan tadqiqot natijalaridan “Ibn Sino va zamonaviylik” mavzusidagi davlat granti loyihasi doirasida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondining 63-02/05-son ma’lumotnomasi). Natijalar tarixiy va madaniy merosni saqlash, xalqimizning ozuqa mahsulotlari va taomlardan darmon sifatida foydalanish yuzasidan tajribalarini o‘rganish hamda targ‘ib etishga xizmat qilgan;
Xorazm vohasida o‘tkaziladigan bayram, sayl va turli marosimlarda tayyorlanadigan an’anaviy taomlar, oziq-ovqatlar bilan bog‘liq udum, an’analarning mohiyati, moddiy va ma’naviy hayotdagi ahamiyatiga doir natijalardan “Oltin meros” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limining 2019 yil 29 noyabrdagi 17-son ma’lumotnomasi hamda Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat fondining 2020 yil 8 sentyabrdagi 01-45 son ma’lumotnomasi). Natijalar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining “Avesto” muzeyi ekspozisiyalarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan; 
Xorazm vohasi o‘zbeklari an’anaviy ovqatlarining shakllanishi, an’anaviy taomlar, turlari, ularni tayyorlashning qadimiy usullari, qandolatchilik mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or buyumlarining vohaga xos lokal xususiyatlari yoritilgan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” Teleradiokanali DUK "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Muqaddas qo‘rg‘on”, “Dugonalar”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarni (2020 yil fevral-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 6 iyuldagi 04-25-716-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish