Sayt test rejimida ishlamoqda

Igamberdiev Bunyod G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gips va qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosida kompozision list tarkibini ishlab chiqish va qo‘llash», 05.09.05- “Qurilish materiallari va buyumlari”. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1224
Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Irkin, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Xamza Ibadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipsli bog‘lovchi va qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosida kerakli fizik-mexanik va termofizik xossalarga ega hamyonbop kompozision pardozlash koplamasi tarkiblari va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
egilishdagi mustahkamlik hamda zarbga chidamlilik ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan yupqa devorli gipsli qoplamalar ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligi chiqindisi xisoblangan sholi somoni, "Frem Nanogips" funksional qo‘shimchasi va β-modifikatsiyali gips bog‘lovchilari miqdorlarining o‘zaro optimal nisbati tajribalarni matematik rejalash usulini qo‘llash orqali aniqlangan; 
ilk bor kimyoviy reagentlar eritmasida ikki bosqichli uyutish usuli bilan delignifikatsiya qilingan sholi poyasining mustahkamlovchi element sifatida ishlatilish samaradorligi aniqlangan;
kompozision list mustahkamligini oshishiga sholi somoniga ishlov berish orqali uning tolalari yuzasini notekis holatga keltirish va “Frem Nanogips” qo‘shimchasi yordamida gips kristallari o‘lchamlarini kichiklashtirish orqali kompozision material strukturasini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatilgani sabab bo‘lganligi asoslangan; 
Statgraphics Plus amaliy dasturi paketidagi Multifactor ANOVA va Experimental design bloklari asosida, yupqa devorli kompozision listning egilishdagi mustahkamligi tashkiliy komponentlar (“Frem Nanogips” qo‘shimchasi, o‘simlik tolasi, gips bog‘lovchisi) miqdorlariga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
zarbga chidamlilikning oshishi va mixlash ko‘rsatkichining yaxshilanishi kompozit listlarning ishlov berilgan sholi somoni tolalari bilan dispers mustahkamlash hamda aralashma tarkibiga funksional qo‘shimcha qo‘shish orqali ta’minlanishi izohlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gips va qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosidagi kompozit listning tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sholi somonidan tayyorlangan mustahkamlovchi fibra «GOLD KAPITAL GIPS» MChJ qo‘shma korxonasida o‘lchamlari 2500x1200x15 mm bo‘lgan 34 dona list ishlab chiqarishda qo‘llanilgan("O‘zsanoatqurilish-materiallari" uyushmasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 05/13-2530-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 34 ta list ishlab chiqarishda 1054512 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan;
mualliflarning texnologik tavsiyalari «SHO’RSUV BARAKA GIPS» MChJda umumiy maydoni 1053 m2 bo‘lgan pardozlash qoplamalari ishlab chiqarishda qo‘llanilgan("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 05/13-2530-sonli ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida 1053 m2 pardozlash qoplamalaridan 9049060 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan hamda egilishdagi mustahkamligi 5,40 MPa bo‘lgan maxsulot ishlab chiqarish imkonini bergan;
ishlov berilgan sholi somoni asosida ishlab chiqilgan tarkib «EVOECOTECH» MChJ ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 05/13-2530-sonli ma’lumotnomasi). Umumiy maydoni 198 m2 bo‘lgan 65 dona kompozit plitalar ishlab chiqarishdan 2112128 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish