Eshimov Raxmon Rustamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maxsus maktab internatlar ta’limiga oid kompyuter imitatsion modellar yaratish va joriy etish texnologiyalari (6-7 sinf fizika darsligi misolida)” mavzusidagi 13.00.06 – Elektron ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped331.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82. 
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 6-7 sinf fizika darsligi asosida kompyuter imitatsion modellar yaratish va imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘quv jaryoniga joriy etish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus maktab internatlarining o‘quv jarayoni uchun didaktik o‘quv vositalarini loyihalash bosqichlari (o‘rganish, hamkorlik, mustaqil, ijodiy) talablarini va kompyuter imitatsion modellari (inkorporatsiya, moslanuvchanlik, uyg‘unlik, yaratuvchanlik, tabiiylikka asoslanish) integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maxsus maktab internatlarining 6–7-sinf fizika o‘quv predmetiga oid didaktik dasturiy vositalar (mul`timedia, ovoz doir, video, kompyuter imitatsion modellar, virtual stendlar)dan foydalanish hamda mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali imkoniyatlarining mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan (uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi) o‘quvchilarning fizika o‘quv predmetidan kreativ fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarning (muammoli, evristik) o‘quv metodik ta’minoti kompyuter imitatsion modellar imkoniyatini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
fizika o‘quv predmetidan mustaqil ishlashni tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar, kompyuter imitatsion modellari va diagnostik dasturiy vositalari asosida maxsus maktab internat o‘quvchilarining kompetensiyalarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus maktab internatlar ta’limiga oid kompyuter imitatsion modellar yaratish va joriy etishning texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
maxsus maktab internatlarining o‘quv jarayoni uchun didaktik o‘quv vositalarini loyihalash bosqichlarini, talablarini  va kompyuter imitatsion modellarini tizimlashtirish asosida takomillashtirish hamda maxsus maktab internatlarining 6–7-sinf fizika o‘quv predmetiga oid didaktik dasturiy vositalar (mul`timedia, ovoz doir, video, kompyuter imitatsion modellar, virtual stendlar)dan foydalanish hamda mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali imkoniyatlarining mazmunini yoritish asosida takomillashtirishga oid takliflardan I-2016-4-15 «Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (Oliy ta’lim muassasalari misolida)» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4232-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan yoshlarning fizika o‘quv predmetini o‘zlashtirish samaradorligini oshishiga erishilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning fizika o‘quv predmetidan kreativ fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarning o‘quv metodik ta’minotiga kompyuter imitatsion modellari imkoniyatini ochib berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan I-OT-2017-4-2-raqamli «Metodik tizimda kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish» mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4232-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan kompyuter imitatsion modellar 6–7-sinf imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning fizika o‘quv predmetidan kreativ fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilgan;
fizika o‘quv predmetidan mustaqil ishlashini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar,  kompyuter imitatsion modellari va diagnostik dasturiy vositalari asosida maxsus maktab internat o‘quvchilarining kompetensiyalarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4232-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning fizika o‘quv predmetidan mustaqil o‘quv faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish