Qodirov Xasanboy Oribjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasasi talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish» (13.00.01)- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1157
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.01.2020.Ped.26.01raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
liderlik sifatlarni pedagogik differensiyalash imkoniyatlari o‘quvchilarning improvizatsiyaga moyillik darajasini o‘yinli topshiriqlar bajarish, nostandart pedagogik vaziyatlarni hamda umumpedagogik talablarni tabaqalashtirish asosida aniqlashtirilgan;
lider-tashkilotchi, lider-ijodkor, lider-diplomat, lider-kurashchi, lider-yupatuvchi talaba tiplari kasbiy layoqati shaxsiy muvaffaqiyatlarga ishonch, nostandart pedagogik vaziyatlarni yaratish va echish mahorati baholash vositalari majmuining intensiv rivojlanishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda liderlik sifatlarni rivojlantirishning strukturaviy mazmunli modeli kasbiy tayyorgarlikning instrumental ko‘nikmalarini namoyon qiluvchi bashoratlash komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda liderlik sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish texnologiyasi “Ishtirokchi”, “Murabbiy”, “Tashkilotchi” kabi shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga qaratilgan o‘zini o‘zi tarbiyalashga oid muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Liderlik sifatlarni tabaqalashtirishning pedagogik imkoniyatlari improvizatsiyaga moyillik darajasini aniqlashga asoslangan nostandart pedagogik vaziyatlarni yagona sintetik yondashuvlarda umumlashtirish orqali aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-072255/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirishga erishilgan
talabalarda lider-tashkilotchi, lider-ijodkor, lider-diplomat, lider-kurashchi, lider-yupatuvchi tiplari kasbiy layoqatni rivojlantirish bosqichlari (kuchli tomonlar tahlili, shaxsiy muvaffaqiyatlarga ishonch, iroda kuchi) nostandart pedagagik vaziyatlar yaratish va echish, muommoli ma’ruzalar, seminarlar, munozaralar, master-klaslar utkazish asosida aniqlashtirishga oid takliflar ITD-1-53 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarini tanlash, tayyorlash va o‘rniga qo‘yishga zamonaviy yondashuvlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-072255/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirishning mohiyati yanada kengroq ochib berilgan;
talabalarda liderlik sifatlarni rivojlantirishning strukturaviy mazmunli modeli kasbiy tayyorgarlikng instrumental ko‘nikmalarini namoyon qiluvchi pedagogik sifatlar (dinamik, kommunikativ)ni tashkil etuvchi mezonlari asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-072255/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda liderlik xususiyatlarini rivojlantirish mazmuni yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
talabalarda liderlik sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish texnologiyasi “Ishtirokchi”, “Murabbiy”, “Tashkilotchi” sifatlarini rivojlantirish funksiyalari, mezonlari, darajalari va ko‘rsatkichlari uzaro birlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-072255/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.