Maxmudov Sardor Djalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prunus domestica L. va Rumex confertus o‘simliklaridan biologik faol moddalar ajratish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1270.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Baxodir Toxirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Olimjon Zairovich, kimyo fanlari doktori; Bekchanov Xamdam Kuzievich, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Prunus domestica L. mevasi va Rumex confertus Willd. o‘simligining ildizi hamda er ustki qismidan oshqozon-ichak tizimi faoliyatini normallashtiruvchi vositalarning substansiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Prunus domestica L. mevalaridan polisaxaridlar, Rumex confertus Willd. o‘simligi erusti va ildizidan oshlovchi moddalar ekstraksiyasiga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
Prunus domestica L. mevalaridan ajratilgan gemisellyuloza fraksiyasi hamda Rumex confertus Willd. o‘simligi ildizidan olingan ekstraktni baromembranali fil`tratsiya (ul`trafil`tratsiya) usulida tozalash maqsadga muvofiq deb topilgan;
ilk marotaba Prunus domestica L. mevasi polisaxaridlari asosida «Ravonol» va  Rumex confertus Willd. erusti, ildizi oshlovchi moddalari asosida «Rumeksin» biologik faol qo‘shimchalari substansiyalarining sanoat texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
tayyor mahsulotlardagi ta’sir etuvchi moddalarning sifat hamda miqdoriy tahlil (IQ-, UB-spektroskopiya, YuSSX, titrlash) usullari ishlab chiqildi, natijada tahlil aniqligi oshgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Ravonol» BFQ sining sanoat texnologiyasi O‘zR Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti bilan himoyalangan (№ IAP 05804, 05.04.2019 y.). Natijada, oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladigan, dorivor o‘simliklar asosidagi vositalarning sonini oshirish imkonini bergan;
Rumex confertus Willd. o‘simligidan oshlovchi moddalarni ajratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar negizida O‘zR Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun olingan patenti (№ IAP 06575, 21.10.2021y.). Natijada, xorijdan import hisobiga kirib keladigan substansiyalarni Respublikamiz dorivor o‘simliklar asosida mahalliylashtirish imkonini bergan;
«Ravonol» vositasini O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining substansiya va qattiq dori shakllari tajriba-sinov ishlab chiqarish markazi texnologik liniyasida seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan  (O‘zR SSVning ishlab chiqarish uchun ruxsatnomasi №000335 /13.11.2018y.). Natijada, qabziyat va surunkali konstipatsiyaga qarshi kapsula dori shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish