Mallaev Shuxrat Sherqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuvenil revmatoid artritning klinik-genetik tavsifi va xronoterapiya natijalari prognozi», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tib1358.
Ilmiy rahbar: Alimov Anvar Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  yuvenil revmatoid artritni klinik-genetik xususiyatlarini aniqlash va kasallikni davolashda xronofarmakologik yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda yuvenil revmatoid artritning rivojlanishida IL-1β-T31S va IL-6-S174G genlarining  polimorf turlarini yuqori darajada uchrashi asoslangan, xamda noxush genotipga kiruvchi ikki nafar genlarning  birgalikda kuzatilishi yuvenil revmatoid artritning poliartikulyar turini 1,2 martaga oshishi isbotlangan.
 yuvenil revmatoid artritning poliartrit va oligoartrit variantlari boshqa tizimli turlariga nisbatan progressiv kechishi: bo‘g‘imlarda xarakat cheklanishi, suyak tizimida funksional o‘zgarish xususiyatlari asoslangan;
yuvenil revmatoid artritni davolashda o‘tkazilayotgan an’anaviy davolashning samaradorligi tahlil qilingan va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolashning oshqozon-ichak tizimiga  nojo‘ya  ta’sirlari: gastrit, oshqozon yara kasalligi, reaktiv gepatit keltirib chiqarishi isbotlangan;
tana haroratining kunlik o‘zgarishi, ba’zi gormonlarni ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yuvenil revmatoid artritning davolash majmuasida nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni xronoterapevtik usulda qo‘llash  chora tadbirlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuvenil revmatoid artritning klinik-genetik tavsifini baxolash bo‘yicha olingan  natijalar asosida:
 bolalarda uchraydigan yuvenil revmatoid artritni samarali tashxislash va davolash algoritmlaridan foydalanish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida “Yuvenil revmatoid artritning klinik-genetik tavsifi va xronoterapiya natijasining prognozi” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/497-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuvenil revmatoid artrit bilan kasallangan bemor bolalarda kasallikni erta tashxislash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning laborator ko‘rsatkichlarning normallashishi,  bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish bilan birgalikda  kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda yuvenil revmatoid artritning klinik-genetik kechish xususiyatlariga asoslangan xolda tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va 4-son shaxar bolalar kardiorevmatologiya shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 0809/15008-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali yuvenil revmatoid artrit bilan kasallangan bolalarda bo‘g‘imlar zararlanishi noxush oqibatlarini erta baxolash, asoratlar sonining hamda kasallik oqibatlari bilan bog‘liq nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish