Samadova Shaxzoda Isoqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qizil yassi temiratki kasalligini kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1562.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Malika Xudoyberganovna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov Akbar Axadovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Pirogov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkining eroziv-yarali shaklini kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘ida karies intensivligi yuqori darajasi, chaynash tizimi buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienik xolati pastligi qizil yassi temiratkining eroziv-yarali shaklini residivlanishdagi patogenetik omillari aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkining eroziv-yarali shaklini kompleks davolashda og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlarni ozonga to‘yintirilgan kunjut moyiga ko‘nikish ta’siri mavjud emasligi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘ida qizil yassi temiratkini eroziv-yarali shaklini kompleks davolashda ozonlashtirilgan kunjut moyidan foydalanganda og‘iz bo‘shlig‘ini gigienasi yaxshilanishi, karies intensivligi pasayishi va og‘iz suyuqligi mikroblar mikrobiotsinozining me’erlashishi isbotlangan.
ozonlashtirilgan kunjut moyini kompleks davolashda qo‘llanishi tufayli og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida   leykotsitlar fagotsitozi, lizotsim faolligi va sIgA mikdori oshishi tufayli davolashning remissiya davrini  uzaytirilishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati qizil yassi temiratki kasalligini kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning natijalari asosida:
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkini tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Qizil yassi temiratkining tashxislash mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 8n-m/533-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholining turli qatlamlari orasida qizil yassi temiratkining  eroziv yarali shaklini erta tashxislash imkonini bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkini kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ozonlangan kunjut moyi bilan qizil yassi temiratkining eroziv yarali shakliga ega  bo‘lgan bemorlarni davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 8n-r/535-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qizil yassi temiratkining davolash  imkonini bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkini kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Romitan, Gijduvon, Vobkent va Buxoro shaxar  №1 son stomatologik poliklinikalari amaliy ishida tadbiq qilingan.(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 8N-z/241-son ma’lumotnomasi).  Olingan ilmiy natijalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xolatini va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkining  eroziv yarali shaklini kompleks davolashni takomillashtirish imkonini berdi. Kasallikni davolash va oldini olishga samarali yondoshuvlarni tanlash bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish