Muxsinova Lola Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuz nuksonlari bilan tug‘ilgan bolalarda tishlar chiqish muddati va tishlov shakllanishiga ta’sir etuvchi xavf omillari” mavzusidagi 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib960.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukurova Umida Abdurasulovna tibbiyot fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lab va tanglay tug‘ma kemtigi bilan tug‘ilgan bolalarda tishlarning chiqish muddati va tishlov shakllanishida perinatal va postnatal xavf omillari o‘rtasidagi bog‘liqliqni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori lab va tanglayda tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda sut tishlar chiqishining buzilishlari va anomaliyalari, tishlov shakllanishidagi anomaliyalar tarqalganligi aniqlangan.
lab va tanglay tug‘ma kemtigini sut tishlarining yorib chiqishi va tishlov shakllanishiga ta’siri baholangan. Tishlarning chiqishi, tishlov shakllanishida buzilishlar va anomaliyalar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi perinatal va postnatal xavf omillari aniqlangan;
lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda tishlarning chiqishi, tishlov shakllanishida perinatal va postnatal xavf omillari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliq aniqlangan.
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikliklari bo‘lgan bolalarda tishlar chiqishining kechikishi, tishlov shakllanishida patologiyalarning oldini olish bo‘yicha takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz kemtigi bilan tug‘ilgan bolalarda tishlarning chiqish muddatlari va tishlov shakllanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yuz kemtigi bilan tug‘ilgan bolalarda tishlarning chiqishi kechikishi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yuz kemtigi bilan tug‘ilgan bolalarda tishlarning chiqishi kechikishini oldini olish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-r/394-son ma’lumotnomasi). Tadbiq etish natijalari bolalarda tishlarning chiqishini kechikishi va tishlov shakllanishida patologiyalarning samarali oldini olish va davolanishiga erishish imkonini bergan;
bolalarda tishlarning patologik chiqishi va tishlov shakllanishiilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda tishlarning patologik chiqishi va tishlov shakllanishining sabablarini diagnostika qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-r/395-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiya bolalarda tishlarning patologik chiqishi va tishlov shakllanishini diagnostika qilishning yangi usulini joriy qilish hamda mazkur patologiyaning oldini olish choralarini ko‘rish imkonini bergan.
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyat bolalar stomatologik poliklinikasi, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Jondor tuman stomatologiya polikliniklari va Vobkent tuman bolalar stomatologiya poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyuldagi 8N-z/240-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori lab va tanglayida tug‘ma kemtikligi bo‘lgan bolalarda tishlarning yorib chiqishi, tishlov shakllanishida buzilishlar rivojlanishining prognozi va oldini olish usullari ishlab chiqilgan.