Xudayberganov Otabek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voleybol vositalari yordamida pedagogik oliygohlarda jismoniy madaniyat fakul`tet talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped479.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Matnazarov O‘ktam Latipovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Nabiev Temur Erikovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida voleybol vositalari yordamida jismoniy tarbiya va sport mutahassislarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy madaniyat fakul`teti talabalarining voleybol mashg‘ulotlarida o‘zgaruvchan harakat yo‘nalishlarini inobatga olgan holda mushaklarning kuchlanishi va unda qisqa muddat ichida mexanik faollikni oshirishga qaratilgan murakkab reaksiyani tarbiyalash uchun tezkorlik modelini ishlab chiqish hisobiga ekstirimal vaziyatlarga moslashish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
talabalarning kuch qobiliyatlarini rivojlantirish uchun dam olish oraliqlarini rejalashtirishda organizmning to‘liq tiklanish imkoniyatidan kelib chiqib dinamik va statik faoliyatda voleybol texnik usullariga o‘xshash bo‘lgan vositalarni izotonik va yon beruvchi tartibda (tashqi qarshilikni chegara darajasigacha oshirish) qo‘llash hisobiga harakat sifatlarini kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalari shakllantirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutahassislarining harakat koordinatsiya qobiliyatini rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib maksimal tezlikda bajariladigan harakatlarda sensor bog‘lanishlarni hosil qilish uchun murabbiyning turli signallari bo‘yicha zo‘r berish va bo‘shashtirish harakatlarini vaziyatlarga moslashtirib ishlab chiqish hisobiga himoyada murakkab reaksiyani bajaruvchi “Libero” o‘yinchisini tayyorlash evaziga kasbiy boshqaruvchanlik ko‘nikmasi takomillashtirilgan;
talabalarda pedagogik kasbiy ko‘nikmalar va shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi muammoli o‘qitish talablaridan kelib chiqib voleybol sport turiga xos vosita va usullarning o‘rgatishga qaratilgan besh bosqichli variativ tizimni ishlab chiqish hisobiga jismoniy tarbiya mutahassislarning kasbiy faoliyatini aks ettiruvchi majmuaviy sifatlarning uslubiy-tashkiliy mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliygohlarda jismoniy madaniyat fakul`tet talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
jismoniy madaniyat fakul`teti talabalarining voleybol mashg‘ulotlarida murakkab reaksiyani tarbiyalash uchun ishlab chiqilgan tezkorlik modelini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” (Voleybol) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yildagi 110– sonli buyrug‘i asosida 110-183 raqamli guvohnomasi). Natijada kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish darajasi 24 % ga, shaxsiy fazilatlarning rivojlanish daraja ko‘rsatkichlari 75,4% ga oshgan;
voleybol texnik usullariga o‘xshash bo‘lgan vositalarni izotonik va yon beruvchi tartibda harakat sifatlarini kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalari shakllantirish bo‘yicha takliflar Urganch davlat universitetining o‘quv jarayoniga shuningdek, pedagogika universitetlarining voleybol darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jimoniy tarbiya va sport vazirligining 12 dekabr` 2020 yildagi № 03-07-08-3562 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kuch, chidamlilik va o‘zini nazorat qilishni mustaqil baholash, irodaviy sifatlarning yuqori darajada namoyon bo‘lishi 30% ga o‘sgan;
himoyada murakkab reaksiyani bajaruvchi “Libero” o‘yinchisini tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” (Voleybol) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yildagi 110– sonli buyrug‘i asosida 110-183 raqamli guvohnomasi). Natijada kasbiy ko‘nikmalar va qobiliyatlar sifatida g‘alabaga bo‘lgan iroda (2,81 b.), qat’iyatlilik (2.76 b.),o‘zini nazorat qilish (2,73 b.), stresslarga bardoshlilik, chidamlilik, jur’at, mehnatsevarlik va bir zumda ko‘rish reaksiyasi 14%ga yaxshilangan;
talabalarda pedagogik kasbiy ko‘nikmalar va shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi muammoli o‘qitish talablaridan kelib chiqib voleybol sport turiga xos vosita va usullarning o‘rgatish tizimini qo‘llash bo‘yicha takliflar asosida “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” (Voleybol) nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yildagi 110– sonli buyrug‘i asosida 110-183 raqamli guvohnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarning voleybol va muammmolarni o‘rganish orqali kasbiy ko‘nikma va shahsiy fazilatlarni shakllantirish va trenirovka dasturlari samaradorligini, tiklovchi vositalarining maxsus majmualarini, maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarning o‘quv trenirovka jarayonini tashkil qilish imkoniyati 14-18 % ga yaxshilangan.