Turakulov Ibroxim Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noan`anaviy mashqlar yordamida talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1 PhD/Ped392.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Arzikulov Mukum Uralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogik fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligini noan`anaviy mashqlar yordamida oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligida organizmning me’yoriy talablaridan kelib chiqib fitbol va to‘ldirma to‘p vositalari bilan bajariladigan mashg‘ulotlarni funksiyalari bo‘yicha alohida komponentlarini bloklarga birlashtirish hisobiga integratsiyalash orqali harakat faolligini oshirishda noan’anaviy yondoshuv tizimi ishlab chiqilgan;
talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib yoshiga nisbatan ortiqcha vaznga va vazn etishmovchiligi mavjud bo‘lgan qizlarda “Bodibar” vositalarini saralash va tana qismlari bo‘yicha tanlab yo‘naltirish evaziga mashg‘ulotlarni korreksiyalash imkoniyati takomillashtirilgan;
talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligida mashg‘ulotlarning tuzilishi va uning mazmunidan kelib chiqib mushaklarining taranglashuvini hisobga olgan holda yuklama me`yorlarini hamda intensivligini morfo-funksional imkoniyatlariga qarab auksotonik tartibda moslashtirish evaziga noan’anaviy mashg‘ulotlar uslubiyati takomillashtirilgan;
talaba-qizlarning harakat ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun toliqish holatidan kelib chiqib “Bodibar” vositalari orqali organizmni qayta tiklashga qaratilgan rekreatsion mikromashg‘ulotlarni ishlab chiqish hisobiga yuqori ishchanlikni saqlab turish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Samarqand davlat universiteti talaba-qizlarining jismoniy tayyorgarligini noan`anaviy mashqlar orqali rivojlantirish metodikasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligida organizmning me’yoriy talablaridan kelib chiqib harakat faolligini oshirish uchun ishlab chiqilgan noan`anaviy yondoshuv tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 30 noyabrdagi 4-son qaroriga asosan 248-raqamli guvohnomasi). Natijada talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligi noan`anaviy mashqlar orqali bosqichma-bosqich o‘zlashtirish uchun zamin yaratilgan va talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligi holati 10-12% yaxshilangan;
talaba-qizlarning yoshiga nisbatan ortiqcha vaznga va vazn etishmovchiligi mavjud bo‘lgan qizlarda korreksiyalash imkoniyati bo‘yicha takliflar Samarqand davlat universitetining turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talaba-qizlarning “Jismoniy tarbiya” mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 03-07-08-392-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarning antromiterik o‘lchamlari 5,7-7,2 % oshgan;
talaba-qizlarning yuklama me`yorlarini bajarilayotgan ish intensivligiga moslashtirish evaziga noan’anaviy mashg‘ulotlar uslubiyatidan foydalanish imkoniyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 30 noyabrdagi 4-son qaroriga asosan 248-raqamli guvohnomasi). Natijada stabilometrik ko‘rsatgichlari 7-9% ga oshgan;
“Bodibar” vositalari orqali organizmni qayta tiklashga qaratilgan rekreatsion mikromashg‘ulotlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat universiteti fakul`tetlarda o‘tiladigan jismoniy tarbiya darslari va mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 31yanvardagi 03-07-08-392-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini 12% ga oshgan.