Odilov Furkat Umarbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oq cho‘yanlardan quyma usulida olinadigan mashinasozlik detallarining eyilishbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T724.
Ilmiy rahbar: Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Sulaymon Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oq cho‘yanlardan quyma usulida olinadigan mashinasozlik detallarining eyilishbardoshligini  oshirish texnologiyasini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qotishma tarkibidagi nometall qo‘shimchalarning miqdorini kamayishini ta’minlaydigan oq cho‘yanga pechdan tashqari ishlov berish texnologiyasi nometall qo‘shimchalarning metall tarkibidagi diffuziyasining qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan;
oq cho‘yanni qolipga quyishda va qolip ichida sovutilishida yo‘naltirilgan kristallanish jarayonini metallning teplofizik xossalari asosidagi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oq cho‘yanni qolip ichida yo‘naltirilgan kristallanishini ta’minlaydigan texnologiya qotishmalarning qolip ichidagi issiqlik almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan harorat gradienti asosida ishlab chiqilgan;
oq cho‘yanning eyilishbardoshligini saqlagan xolda uning tarkibidagi xrom miqdorini kamaytirish texnologiyasi uning kokil materialining teplofizik xossalari asosida ishlab chiqilgan; 
oq cho‘yanlar kimyoviy tarkibi asosida ularning strukturasidagi karbidlar (M3S → M23S6) hosil bo‘lishi nazariyasi tadqiq etilgan. Karbidlar xossalarini foydali ishlatish maqsadida ularni miqdorini oshirish usullari hamda kristallanish usullarini tahlili asosida karbidlarni yo‘naltirilgan kristallanishini nazariy asosi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oq cho‘yanlardan quyma usulida olinadigan  mashinasozlik detallarining eyilishbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qotishma tarkibidagi nometall qo‘shimchalarni kamayishini ta’minlaydigan oq cho‘yanga pechdan tashqari ishlov berish texnologiyasi “Navoiy KMK” DKning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingin («Navoiy KMK» DKning 2020 yil 25 dekabrdagi №02-06-04/13690-son ma’lumotnomasi). Natijada detallarning qattiqligi 15-18% ga ortgan;
oq cho‘yanni qolip ichida yo‘naltirilgan kristallanishini ta’minlaydigan  texnologiya “Navoiy KMK” DKning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingin («Navoiy KMK» DKning 2020 yil 25 dekabrdagi №02-06-04/13690-son ma’lumotnomasi). Natijada quymalarning xizmat muddati 10-12% ga oshirilgan;
oq cho‘yan olishda karbidlarning eyilish yuzasiga nisbatan perpendikulyar joylashishini ta’minlaydigan texnologiya “Navoiy KMK” DKning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingin («Navoiy KMK» DKning 2020 yil 25 dekabrdagi №02-06-04/13690-son ma’lumotnomasi). Natijada quyma mahsulotlarning xizmat muddati 18-20% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish