Mirzakabilov Bekbolat Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Gidrotexnik inshootlar avariyasi bilan bog‘liq falokatli suv toshqinlari yuzaga kelganda aholi va hududlarni muhofaza qilish usullarini takomillashtirish” 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi”
dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.4 PhD/T2022V.
ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi.
IK faoliyati faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich – texnika fanlari doktori, dotsent, Toshkent arxitektura qurilish instituti kafedra mudiri. Abduraxmanova Azoda Djuraevna – texnika fanlari namzodi, dotsent, Islom Karimov nomidagi Toshkent texnika universiteti kafedra dotsenti.
Yetakchi tashkilot sifatida tavsiya etildi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi gidrotexnik inshootlarning buzilishi natijasidagi falokatli suv toshqinlaridan aholi va hududlarni muhofaza qilish, himoya usullarini takomillashtirish
II. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
gidrotexnik inshootlar hududida joylashgan falokatli suv toshqinlaridan aholi va hududlarni muhofaza qilishda, aholining joylashish holatini inobatga olgan holda, tezkorlik bilan evakuatsiya qilishning yangi samarali usullari ishlab chiqilgan;
falokatli suv toshqinlari vaqtida jamoat binolarining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, evakuatsiyaning boshlang‘ich vaqti, aholi sonining funksional toifasida antropometrik parametrlar bilan joylashgan maydon orasidagi bog‘liqlikning eng maqbul parametrlari tahlil etilgan;
falokatli suv toshqini ehtimoli mavjud ommaviy yig‘iladigan maskanlardan evakuatsiya qilish vaqtida harakatlanish tezligining odamlar zichligiga bog‘liqligini ifodalovchi tasodifiy funksiya parametrlari, tezkor xabar berish tizimi va mexanizmi ishlab chiqilishi evaziga, suv toshqini talofatlarini 20-22% gacha kamaytirish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan.
suv toshqini oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etishga jalb etiladigan fuqaro muhofazasi xizmatlarining kuch va vositalarining eng optimal tarkibi va sonining ilmiy jihatdan asoslanishi, avariya qutqaruv ishlarining samaradorligi va tezkorligini 15-20% gacha yaxshilashga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Falokatli suv toshqinlaridan aholi va hududlarni muhofaza qilishda olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
ilmiy izlanish natijalaridan gidrotexnik inshootlarning buzilishi natijasida falokatli suv toshqinlaridan aholi va hududlarni muhofaza qilish usullari g‘oyalarining nazariy rivojlanishi va qayta ishlanishi favqulodda vaziyatlardan muhofaza usulullarini tasniflash imkonini berdi hamda aholini evakuatsiya qilishda taklif etilgan yangi samarali usuli asosida talofatlar va jaroxatlanishlarning sonini keskin kamaytirishga erishildi (Jizzax viloyati, Baxmal tumani hokimining 2021 yil 26 apreldagi 01-1480-sonli ma’lumotnomasi);
falokatli suv toshqinlari vaqtida xavfsiz evakuatsiya qilish tizimining ishlab chiqilishi natijasida gidrotexnik inshootlarning buzilishi natijasidagi falokatli suv toshqinlari vaqtidagi qutqaruv tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadigan moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholini tezkorlik bilan evakuatsiya qilishni amalga oshirish hamda sezilarli darajada jaroxatlarni kamaytirishga erishilgan (Jizzax viloyati Suv omborlardan foydalanish boshqarmasining 2021 yil 30 iyun` kungi dalolatnoma hamda 2021 yil 5 avgustdagi 100-sonli ma’lumotnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2443-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanishlar natijasida gidrotexnik inshootlarning avariyasi vaqtida aholi va hududlarni muhofaza qilish usullarini 15-20% yaxshilashga erishilgan.