Xalilov Sherzod Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish tashkilotlarida operatsion faoliyat hisobi va tahlilini takomillashtirish” 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1013.
Ilmiy rahbar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.1.17.01
Rasmiy opponentlar: Do‘smuratov Rajabboy Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish tashkilotlarida operatsion faoliyat hisobi va tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobotning halqaro standartlari talablari asosida qurilish tashkilotlarida operatsion faoliyat xarajatlarini funksiyalari bo‘yicha tasniflash orqali “Foyda va zararlar” to‘g‘risidagi hisobot shakli ishlab chiqilgan;    
shartnomalardan olinadigan daromadlarni davrlar bo‘yicha tan olinganda     natija va resurs usullarini qo‘llash asosida aktivning tayyorlik yoki foydalanilgan resurslar iste’mol darajasini baholash imkoniyatini 1,5 barobar oshirish asoslangan;
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari tannarxi tahlilini kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha amalga oshirishning soddalashtirilgan shakli taklif etilgan;  
qurilish tashkilotlarida ma’muriy xarajatlarni davr xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarini aniqlash va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Eksport-import va valyuta operatsiyalari hisobi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Moliyaviy hisobotning halqaro standarti  talablari asosida qurilish tashkilotlarida operatsion faoliyat xarajatlarini funksiyalari bo‘yicha tasniflash orqali  ishlab chiqilgan “Foyda va zarar” to‘g‘risidagi hisobot shaklidan foydalanish taklifi “Elektrqishloqqurilish” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Elektrqishloqqurilish” AJ ning 2021 yil 31 maydagi 113/07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi natijasida “Elektrqishloqqurilish” AJ da “Foyda va zararlar” to‘g‘risidagi hisobotida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha tan olingan daromadlar va amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida shaffof ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratgan. Shuningdek, ushbu shakl asosida “Foyda va zararlar” to‘g‘risidagi hisobot tayyorlashga sarflangan vaqt 10 foizga tejamkorlika erishish imkonini bergan.
Shartnomalardan olinadigan daromadlarni davrlar bo‘yicha tan olinganda natija hamda resurs usullarini qo‘llash orqali daromadlar darajasini baholashga oid takliflari “Elektrqishloqqurilish” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Elektrqishloqqurilish” AJ ning 2021 yil 31 maydagi 113/07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida shartnomalar bo‘yicha daromadlar davrlar bo‘yicha tan olinganda bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish, sarflangan vaqt, amalga oshirilgan resurlar sarfi bilan bog‘liq ma’lumotlar asosida aktivning tayyorlik  hamda foydalanilgan resurslar iste’mol darajasini baholash 1,5 barobarga oshirish imkonini bergan. Shuningdek, uzoq muddatli shartnomalardan olinadigan daromadlar bo‘yicha ishonchli va shaffof xulosa shakllantirish imkoniyatini yaratgan.
Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari tannarx tahlilini kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha amalga oshirishning soddalashtirilgan shakli bo‘yicha taklifi “Elektrqishloqqurilish” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Elektrqishloqqurilish” AJ ning 2021 yil 31 maydagi 113/07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari tannarxini aniqlash va uni kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha tahlili rejaga nisbatan haqiqatda og‘ishishlarni keltirib chiqaruvchi omillar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini yaratgan. Natijada bajarilgan qurilish ishlari xarajatlari va tannarxi tahlilini amalga oshirishda sarflangan vaqt 15 foizga tejamkorlikka erishish imkonini berdi.  
Qurilish tashkilotlarida ma’muriy xarajatlarni davr xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarini aniqlash va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha taklifi bo‘yicha taklifi “Elektrqishloqqurilish” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Elektrqishloqqurilish” AJ ning 2021 yil 31 maydagi 113/07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida davr xarajatlari kelib chiqishiga ko‘ra alohida xarajat moddalari sifatida tarkiblash hamda tahlilining asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini yaratgan. Shuningdek, ma’muriy xarajatlarni zanjirli bog‘lanish usuli asosida davr xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar aniqlash va tahlili takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish