Shafiev Rustam Umarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft` konlari texnologiyalarini takomillashtirishga doir metodologik asoslar», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T339.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Ulugbek Sultanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlar doktori, professor; Ermatov Navruz Xushmuradovich, texnika fanlari doktori, professor; Suleymanov Bagir Alekper-ogli, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qazib olinishi qiyin bo‘lgan zahiralarga ega konlarda murakkab neft`-suv emul`siyalarining samarali parchalanishini ta’minlash uchun neftni tayyorlash tizimlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jihozlanayotgan ob’ekt uchun neft` konlarining turi bo‘yicha ideallashtirilgan analoglar sifatidagi texnologik sxemalar ishlab chiqilgan;
murakkab ko‘p tarkibli dispers sistemalarni tadqiq etish uchun bazis jarayonlar yagona tanlovi uslubi asoslab berilgan;
neft` va uning dispers tizimlari reologik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari ochib berilgan hamda neft` va neft`-suv emul`siyalarining tarkibiy-mexanik xususiyatlarini yaxshilaydigan uslublar ishlab chiqilgan;
emul`siyalangan suv tomchilari atrofidagi zirh qobiqlarini mustahkamlashda qazib olinishi qiyin bo‘lgan zaxiralardan neft` ishlab chiqarishni jadallashtirish va oshirish usullarining ta’siri aniqlangan hamda neftni termokimyoviy suvsizlantirish va tuzsizlantirishni amalga oshirishni murakkablashtiruvchi qonuniyatlar ochib berilgan;
neft` qazib olinishi oson kechadigan va qazib olinishi qiyin bo‘lgan zahiralardan neft qazib olish jarayonida hosil bo‘ladigan murakkab ko‘p tarkibli dispers sistemalar o‘sishining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
neft` konlarini qazib olinishi qiyin bo‘lgan zaxiralari ro‘yxatiga kiritish uchun mezonlar ishlab chiqilgan; 
er usti va osti tizimlarini paralell loyihalashtirgan holda loyihalash ishlariga tadbiq etish uchun neft` konlari texnologiyalarini takomillashtirishning uslubiy asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neft` qazib olish texnologiyalarini takomillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida: 
neft` va gaz kondensati konlarini ishlatish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP04106, 2010 y.). Natijada, neft qatlamlariga suv-gaz ta’sirini ko‘rsatish va neftni qazib olish jarayonini jadallashtirish imkonini bergan;
neft` sifati talablari bo‘yicha «Neftni qayta ishlash zavodlariga etkazib beriladigan neft`» davlat standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqdangan (O’zDSt 3032:2015). Natijada neftni qayta ishlash zavodlariga jo‘natishdan oldin konlarda yuqori sifatli neft tayyorlashni ta’minlash imkonini bergan;
neft` konlari texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan me’yoriy-uslubiy xujjatlar (RH 39.0-041:2006, RH 39.2-05:2012, NGH 39.0-033:2013, RH 39.2-044:2007, RH 39.0-110:2012) neft` konlarini loyihalash hamda o‘zlashtirish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yilning 22 sentyabridagi 05/29-4-217-son ma’lumotnomasi). Natijada konlarni optimal darajada o‘zlashtirish va qazib olinayotgan neft` tannarxini pasaytirishni ta’minlash imkonini bergan;
O‘zbekiston konlaridagi neftni tayyorlash uskunalarida suvsizlantirish va tuzsizlantirish rejimi reglamentlari joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yilning 22 sentyabridagi 05/29-4-217-son ma’lumotnomasi). Natijada neftni «Neftni qayta ishlash zavodlariga etkazib beriladigan neft`» standarti talablariga muvofiqligini ta’minlash imkonini bergan; 
neft`, gaz kondensati va neft` mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, chiqarish va hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston neft` mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2007 yil 16 apreldagi 01/07-266-son ma’lumotnomasi; “O‘zbekneftegaz” MXKning 2007 yil 18 apreldagi 87-son qo‘shma qarorlari). Natijada neft`, gaz kondensati va neft` mahsulotlari  tabiiy yo‘qotishlarini aniqlash va hisobdan chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish