Nimchik Aleksey Grigor`evichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qattiq chiqindilardan foydalanishdagi fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar va ularning klinker hosil bo‘lish va qoldiq metallarni haydalish kinetikasiga ta’siri», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/K99.
Ilmiy maslahatchi: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turobovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq chiqindilarni qo‘llashning fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlari, hamda rangli qoldiq metallarni parallel haydash va ajratish bilan portlandsement klinkeri va g‘ovakli silikat materiallari olishda klinker hosil bo‘lish kinetikasiga va qoldiq metallarni haydashga ularning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flotochiqindidan foydalanilgan portlandsement klinkeri mineral hosil bo‘lish mexanizmi va kinetikasiga fosfogips va soda ishlab chiqarishidagi qattiq chiqindisining ta’siri aniqlangan;
flotochiqindi asosidagi portlandsement xomashyo aralashmasining fazaviy o‘zgarish kinetikasiga fosfogips va TOSPlarning jadallashtiruvchi ta’sirining o‘ziga xosligi aniqlangan;
dekarbonizatsiya va mineral hosil bo‘lish darajasining o‘sishiga noorganik qo‘shimchalarning ta’siri, hamda faza hosil bo‘lishiga erishish haroratining 50-70oSga pasayishi aniqlangan;
ilk bor rangli metallarni parallel haydash bilan MOF flotochiqindisidan asosiy xomashyo komponenti sifatida foydalanib, g‘ovakli silikat materiallarini olish imkoniyatlari asoslangan;
aglomeratsiyada boradigan qattiq fazali o‘tish mexanizmga xomashyo omuxta komponentlarining tarkibi va kuydirish jarayonlarining ta’siri isbotlangan;
portlandsement klinker iva g‘ovakli silikat materiali xomashyo aralashmasi tarkibidagi metallarning xaydalishiga kimyo sanoati noorganik chiqindilarining kuchli jadallashtiruvchi ta’siri aniqlangan;
matematik modellashtirish usuli bilan metallarni haydash jarayonining kinetik va termodinamik xususiyatlari, jumladan tezlik konstantasi, faollashtirish energiyasi va yuqori haroratli sintezda boradigan jarayonlarni yorituvchi boshqa termodinamik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qattiq chiqindilardan foydalanishdagi fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar va ularni klinker hosil bo‘lish kinetikasiga va qoldiq metallarni haydalishiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
portlandsement klinkeri va g‘ovakli silikat materiallarining yuqori haroratli sintezida noorganik minerallashtiruvchi chiqindilarni fazaviy o‘tish jarayonlariga va metallarni haydalish kinetikasiga jadallashtiruvchi ta’siri №FA-A13-139 «Vol`fram rudalarini boyitish qoldiqlarini qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarishda qo‘llashning energiya- va resurstejamkor texnologiyasi» amaliy loyihasida solishtirma tahlil uchun qo‘llanma ma’lumot sifatida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2021yil12 oktyabrdagi 4/1255-2791-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq chiqindilardan foydalanishdagi fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar va ularning klinker hosil ulish kinetikasiga va qoldiq metallarni haydalishiga ta’siri haqidagi ilmiy asoslangan fundamental ma’lumotlarni olishga imkon bergan;
SOF va MOF flotochiqindilaridan foydalanib, portlandsement klinkeri olish uchun ishlab chiqilgan tarkib «Oxangaronsement» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Oxangaronsement» AJning 2021 yil 7 iyuldagi 1/AGS-727/2-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTKMK flotochiqindilaridan foydalanib portlandsement klinkeri ishlab chiqarish imkonini bergan;
SOF va MOF flotochiqindilaridan foydalanib, g‘ovakli silikat materiali olish uchun ishlab chiqilgan tarkib «Bekabod-ogneupor» QKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekabod-ogneupor» QKning 2021 yil 19 oktyabrdagi 155-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTKMK flotochiqindisi va Qo‘ng‘irod soda zavodi chiqindilaridan foydalanib, g‘ovakli silikat materiali ishlab chiqarish imkonini beradi.