Farmonov Erkin Tolibovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Saksovul va cherkez o‘simliklari urug‘larini ekishni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy echimi”, “05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Turdaliev Voxidjon Maxsudovich texnika fanlari doktori, professor; Bakirov Zafar Nutfullaevich texnika fanlari  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi saksovul va cherkezning sochilmaydigan urug‘larini ekadigan seyalka konstruksiyasi va ekish texnologik ish jarayonini urug‘lik aralashmalarning fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
saksovul va cherkez urug‘larini ekish jarayonida ularni ezmaydigan va sindirmaydigan biologik unuvchanligini pasaytirmaydigan konstruksiyadagi seyalka ishlab chiqilgan;
urug‘ ajratadigan barabanning konstruksiyasi me’yorlash novlarining urug‘larni bunkerdan belgilangan miqdorini ajratib olishi va ularni tushishi barqarorligini ta’minlash hisobiga ishlab chiqilgan;
seyalka ishchi qismlarining parametrlari saksovul va cherkez urug‘larini belgilangan me’yorda bunkerdan ajratib olish va ularni me’yoriy oraliqda ekishni hisobga olgan holda asoslangan;   
seyalka bunkeri yon devorining qiyalik burchagi, urug‘ ajratadigan barabanning aylanishlar soni  va agregat harakat tezligining maqbul qiymatlari regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan;
ekish agregatining turli harakat tezliklariga bog‘liq holda bunkerdagi urug‘lik aralashmadan belgilangan miqdorini ajratib olib, me’yoriy oraliqda saksovul va cherkezning urug‘larini sifatli ekadigan energiya-resurstejamkor seyalka ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Saksovul va cherkezning sochilmaydigan urug‘larini ekadigan seyalka ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
saksovul va cherkezning urug‘larini qatorlab ekish uchun seyalkaga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agetligining ixtiroga patentlari olingan («Keng qamrovli seyalka» Uz № IAP 04515 va «Cho‘l o‘simliklari uchun modulli seyalka» Uz  № IAP 06604. Natijada saksovul va cherkezning urug‘larini belgilangan me’yorda ajratib olib me’yoriy oraliq ekadigan seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
saksovul va cherkezning urug‘larini qatorlab ekadigan seyalka Buxoro shahrining atrofida tashkil etilayotgan “Yashil qalqon” dasturi doirasida, Peshku tumani davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Qizilqumning cho‘l qumoq tuproqli maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 iyuldagi 02/032-2948-son ma’lumotnomasi). Natijada saksovul va cherkezning urug‘larini ekishda yillik ish hajmini bajarish xarajatlari 26 foizgacha va yoqilg‘i sarfi 34 foizga kamaygan;
saksovul va cherkezning sochilmaydigan urug‘larini ekadigan seyalkaning kontruksiyasi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ va «BMKB-Agromash» AJ ga ishlab chiqarish uchun topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 iyuldagi 02/032-2948-son ma’lumotnomasi). Natijada saksovul va cherkezning urug‘larini ekadigan seyalkani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish