Ataev Shokir Kuranbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyatini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Yu622.
Ilmiy rahbar: Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor; Ganiev Sherzod Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyati tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlardan tashqari barcha turdagi yuridik shaxslarning tugatilishi mumkinligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investisiya ob’ektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarning ta’minlanishini investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi sifatida qonunda belgilash zarurati asoslangan;
pandemiya sharoitida Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va texnikalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishini vaqtinchalik to‘xtatish orqali tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish lozimligi asoslangan;
alkogol` mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda bunday mahsulotlarni saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan va o‘rnatilgan talablarga javob beradigan binoga egalik qilishni lisenziya talablari va shartlari sifatida qonunchilikda belgilash lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadbirkorlik faoliyatini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyati tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlardan tashqari barcha turdagi yuridik shaxslarning tugatilishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 dekabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-592-son qonunining 1-moddasi birinchi bandiga binoan Fuqarolik Kodeksining 53-moddasi ikkinchi qismini yangi tahrirda bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 21 yanvardagi  04/1-79-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi yuridik shaxslarni tugatish asoslarining qonun hujjatlarida aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investisiya ob’ektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarning ta’minlanishini investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi sifatida qonunda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-son qonunining 24-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 21 yanvardagi  04/1-79-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investisiyalar va investisiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish orqali O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilgan;
pandemiya sharoitida Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va texnikalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishini vaqtinchalik to‘xtatish orqali tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 449-son qarorining 3-bandini yangi tahrirda bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 12/1-204-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi pandemiya sharoitida Covid-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini davolashda sog‘liqni saqlash tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olishga xizmat qilgan;
alkogol` mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda bunday mahsulotlarni saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan va o‘rnatilgan talablarga javob beradigan binoga egalik qilishni lisenziya talablari hamda shartlari sifatida qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi 301-son qarori bilan tasdiqlangan “Alkogol` mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi, shuningdek lisenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qo‘llanadigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida”gi nizomning 2-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 12/1-201-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi alkogol` mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda lisenziya talablari va shartlarining qonun hujjatlarida aniq belgilanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish