Nurmanov Sarvar Ruziboevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik ta’minoti tizimlari samaradorligini oshirish uchun dispetcherlik grafigini tuzish usullarini takomillashtirish va gidravlik barqarorlikni ta’minlash”, 05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1756
Ilmiy rahbar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xayriddinov Botir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor (05.09.03), Kasimov Faxriddin Shadmankulovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (05.05.06).
Yetakchi tashkilot: Namangan Muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Iste’molchilarni issiqlik bilan sifatli ta’minlashda, nostatsionar jarayonlarni hisobga olgan holda markazlashtirilgan issiqlik bilan ta’minlash tizimini ishonchli ishlashi va samaradorligini oshirish uchun issiqlik manbaidan berilayotgan issiqlik miqdorini tezkor tartibga solish maqsadida dispetcherlik grafigini tuzish uchun tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik yuklamalarini turli darajada avtomatlashtirilgan tizimlari uchun tashqi muhitning xarorati ta’sirini inobatga olib issiqlik tashuvchini chegaraviy optimal harorat o‘zgarishi aniqlangan; 
dispetcherlik grafiklarini davriy ravishda o‘zgarib turishini hisobga olgan holda, taklif etilgan tezkor tartibga solish dispetcherlik grafigini issiqlik tarmog‘i quvurlarining ishonchli ishlashi va issiqlik bilan ta’minlash tizimining samaradorligiga ta’siri aniqlangan; 
issiqlik bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirish uchun markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining elementlarida nostatsionar jarayonlarni hisobga olgan holda issiqlik yuklamalarining dispetcherlik grafiklarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan;
markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarida xarorat va sarfning o‘zgarishini ifodalovchi matematik model va hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqlik ta’minoti tizimlari samaradorligini oshirish uchun dispetcherlik grafigini tuzish usullarini takomillashtirish va gidravlik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida: 
issiqlik yuklamalari bo‘yicha takomillashtirilgan uslubga ko‘ra shakllantirilgan dispetcherlik grafigi DUK “Toshissiqquvvati” tasarrufidagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlaridagi operativ dispetcherlik tizimi orqali issiqlik tarmoqlarini boshqarish yo‘lga qo‘yilgan. Tadqiqot natijalari Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlari tumanlari xududida joylashgan IM-2 va Vodnik qozonxonalarida joriy qilingan. Taklif etilgan matematik modeldan foydalanib, gidravlik parametrlarni tartibga solish va operativ dispetcherlik tizimini qo‘llash natijasida iste’molchiga berilayotgan issiqlik tarmoqlaridagi behuda sarfni 2-3 % gacha kamayishiga erishilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 25 oktyabr 04/02-4824-son ma’lumotnomasi);
tadqiqot natijalari, MChJ “Magnum Gas Project”, MChJ “Grand Elite Service” kabi loyihalash muassasalarida tomonidan bir qator lokal issiqlik bilan ta’minlash qozonxonalarini loyihalash jarayonida qo‘llanilgan. Qozonxonalarni taklif etilgan matematik modeldan foydalangan holda loyihalash ishlari bajarilgan va tanlab olingan jihozlarga sarf bo‘ladigan harajatlarning kamayishiga erishilgan. Taklif etilgan model orqali tashqi havo haroratini ma’lum bir qiymati uchun 1 sekundagi issiqlik tashuvchi sarfi aniqlangan. Loyihachilar uchun o‘ta muhim bo‘lgan masalani teskari usulda aniqlash imkonini bergan. F.I.K. bo‘yicha issiqlik tarmog‘idagi minimal ruxsat etilgan sarf aniqlangan. Nostatsionar jarayonlarni hisobga olgan holda dispetcherlik grafiklarini  tashkil etish uslubi takomillashtirilgan, issiqlikni etkazib berish rejimlarini tezkor tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Dispetcherlik grafiklarini davriy ravishda o‘zgarishi issiqlik tarmoqlari quvurlarini ishonchli ishlashi va markaziy issiqlik bilan ta’minlash tizimining samaradorligiga ta’siri aniqlangan.  Dispetcherlik grafigini takomillashtirilgan usulini qo‘llash natijasida erishilgan samaradorlikka 585 mln 675 ming so‘m miqdorida baholangan. (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 25 oktyabr 04/02-4824-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish