Xasanova Guzaliya Marsovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarning klinik-diagnostik xususiyatlari va profilaktikasi», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1172.
Ilmiy rahbar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarning klinik-diagnostik xususiyatlarini aniqlash va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizlik bilan kasallangan bolalarda aterogenlik va insulinni yuqori koeffisientlari xolatida juda sezgir C-reaktiv oqsil (CRP-hs)ning yuqori ko‘rsatkichlari va gipoadiponektinemiya o‘tkir osti surunkali yallig‘lanish sindromining markerlari sifatida kardiovaskulyar buzilishlarning yuqori xavf omili bilan assotsiatsiyalanishi isbotlangan;
o‘ng qorincha oldi devorining epikardial yog‘ qalinligini oshishi holati sababli chap qorincha devorining 33% ga qalinlashishi, chap va o‘ng bo‘lmachalar diatmetrining kattalashishi diastolik disfunksiyaning rivojlanishiga asos bo‘lishi isbotlangan;
semizlik bilan kasallangan bolalarda endoteliyning vazomotor funksiyasining buzilishi aniqlanib, bunda umumiy uyqu arteriyasi intim media majmuasining qalinlashuvi xamda qon tomir devorlarining elastik xususiyatlari kamayishi va natijada qon aylanish tezligining pasayishi insulin rezistentligi, aterogen faktor va gipoadiponektinemiya orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ortiqcha yog‘ qatlamining o‘sishi, biokimyoviy parametrlarning aterogen va diabetogen yo‘nalishda bo‘lishi va epikardial yog‘ning yuqori metabolik faoliyati holati tufayli ichakda, asosan II darajali disbiotik buzilishlar sodir bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarini klinik xususiyatlarini o‘rganish, erta tashhislash va profilaktika chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarning dastlabki klinik oldi ko‘rinishlarini tashhislash va prognozlash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Ekzogen-konstitusiyaviy semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarining rivojlanish xavfini prognoz qilish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 22-apreldagi 8n-r/355-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarni erta tashhislash va bunday jarayonni rivojlanish xavfini prognoz qilish imkonini bergan;
semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarni davolash-profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida «Ekzogen-konstitusiyaviy semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarni profilaktika usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 apreldagi 8n-r/354-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma semizlik bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarni erta oldini olish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bolalarda semirishda yurak-qon tomir kasalliklarini klinik-funksional kechish xususiyatlariga asoslangan holda tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati Chirchiq shahar 2-son Oilaviy poliklinikasi, Toshkent shahar Yunusobod tumani 53- va 56-son Oilaviy poliklinikalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 29-oktyabrdagi 08-07/16063-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali semizlik bilan kasallangan kardiovaskulyar buzilishlari mavjud bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, tashhislash va profilaktikaning yangi usulini qo‘llash orqali 85% holatlarda yuqori terapevtik samaradorlikka erishish, asoratlarni bartaraf etish va nogironlik sonini kamaytirish imkonini bergan.