Gaziev Zoir Taxirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qari va keksa bemorlarda chanoq-son hamda tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashning anesteziya usullariga differensial yondashuv», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib299.
Ilmiy konsul`tant: tibbiyot fanlari doktori, professor Avakov Vyacheslav Ervandovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna. tibbiyot fanlari doktori; Bositxanova Elmira Irkinovna, tibbiyot fanlari doktori; Akmalov Abror Saidaxmadovich, tibbiyot fanlari doktori (Saudiya Arabistoni).
Yetakchi tashkilot: «P.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy–xirurgik markazi» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarining degenerativ-distrofik kasalliklari va qattiq og‘riq sindromi bo‘lgan keksa va qari bemorlarda endoprotezlash jarayonida og‘riqsizlantirish va operatsiyadan keyingi og‘riqni kamaytirish usulini tanlashni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoq bo‘g‘imlarini endoprotezlash operatsiyasi qilingan qari va keksa yoshdagi bemorlarda yurak-qon tomir tizimining integral ko‘rsatkichlari, sensorli va motorli bloklarning vaqtinchalik parametrlari nojo‘ya ta’sirlar va asoratlarni turli xil neyroaksial blokadalar o‘tkazilgan umurtqa anesteziyasi, umurtqa-epidural anesteziyasi, bir tomonlama umurtqa anesteziyasi orqali asoslangan;
kuchli og‘riqli sindrom xolatidagi oyoq bo‘g‘imlari endoprotezlash amaliyotiga tayyorlanayotgan keksa va qari bemorlarda boshlang‘ich gipovolemiya va qonning ivish tizimi faollashishi bilan birga uning quyuqlashishi isbotalngan;
o‘rtacha arterial bosim, markaziy venoz bosim va markaziy gemodinamika urish indeksi, yurak indeksi, umumiy pereferik tomir qarshiligi, vegetativ ko‘rsatkich va qon kortizol darajasida oyoq bo‘g‘imlarini endoprotezlash operatsiyasi bajarilgan geriatrik bemorlarda arterial gipotenziya, bradikardiya, neyroaksial blokada paytida geriartrik bemorlarda arterial gipotenziyani rivojlanishida qon aylanishining gipodinamik tartibi va periferik qon tomirlarining umumiy qarshiligi o‘rni isbotlangan;
qari bemorlarda neyroksial blokada o‘tkazilganda arterial gipotenziya genezisida yurakning bir martalik va daqiqali faoliyati pasayishi isbotlangan;
tizimli va markaziy gemodinamika, kortizol stress gormoni va anal`gezimetriya, bemorda boshqariladigan analgeziya hamda mahalliy anestetikni epidural bo‘shliqqa kiritishning an’anaviy usuliga nisbatan muhim afzalliklari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qari va keksa yoshdagi bemorlariida oyoq bo‘g‘imlarni endoprotezlash jarayonida og‘riqsizlantirish usuliga differensial yondoshish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qari va keksa yoshdagi bemorlariida oyoq bo‘g‘imlarni endoprotezlash jarayonida og‘riqsizlantirish usuliga differensial yondoshish asosida «Katta va keksa yoshdagi bemorlarda kombinatsiyalangan unilateral umurtqa anesteziyalash va unilateral epidural og‘riqsizlantirish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ixtiro patenti olingan (№IAP 06544). Natijada ushbu usul qari va keksa yoshdagi bemorlarda oyoq bo‘g‘imlarni endoprotezlash jarayonida og‘riqsizlantirish samarali tartibi natijasida orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkon bergan;
anesteziya samaradorligi va xavfsizligi oshirish natijasida «Oyoq bo‘g‘imlari total endoprotezlash amaliyoti bo‘lgan qari va keksa yoshdagi bemorlarda bir tomonlama epidural anal`geziya bilan birlashtirilgan umurtqa anesteziya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 martdagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Natijada qari va keksa bemorlarda oyoq bo‘g‘imlarini total endoprotezlash jarayonida bemorlarni shifoxonada yotish kunlari va asoratlar sonini qisqartirish imkon bergan;
asoratlar sonini, intensiv bo‘limda davolanish vaqtini qisqartirish va operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni tezda faollashtirish natijasiida «Bemor tomonidan boshqariladigan anal`geziya - qari va keksa yoshdagi bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda og‘riqni bartaraf etish samarali va xavfsiz usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 martdagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar epidural bo‘shliqqa maxaliy anestetik (0,25% 25mg longokain eritmasi) kiritilishi bilan bemor tomonidan boshqariladigan og‘riqsizlantirishni qo‘llash orqali uning mul`timodal anel`geziyadan ustunligini aniq ko‘rsatish, bemorlarni erta vertikal holatga keltirish va faollashtirish imkonini bergan;
Qari va keksa bemorlarda chanoq-son hamda tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashning anesteziya usullariga differensial yondashuv ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqlik shifoxanasi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyat tibbiyot markazlarning klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 08-09/12984-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qari va keksa bemorlarda oyoq bo‘g‘imlari total endoprotezlash jarayonida og‘riqsizlantirish samaradorligini oshirish, bemorlarni shifoxonada yotish kunlari va asoratlar sonini qisqartirish, keksa yoshdagi bemorlarda dastlabki tizimini o‘zgarishi farmakologik ta’siriga javoban vegitativ asab tizimini adaptatsion o‘zgarishi, shuningdek, neyroaksial anesteziyaning turli xil variantlari simpatik ta’sirlarning natijasida gemodinamik asoratlar kelib chiqishini oldini olish imkon bergan.