Abduraxmanov Abdusalom Abdulagzamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori xavf guruhiga tegishli yurak ishemik xastaligi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarroxlik yo‘li bilan davolash uslublarini takomillashtrish», 14.00.40 - Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib351.
Ilmiy konsul`tant: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Turaev Feruz Fatxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, Marek Erlix, tibbiet fanlari doktori, professor (Avstriya).
Yetakchi tashkilot: A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy xirurgiya markazi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokardni jarrohlik revaskulyarizatsiyasi usuli va taktikasini optimallashtirish yo‘li bilan yuqori xavf bemorlarida aortakoronar shuntlash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taqdim etilgan ishda asoratlar rivojlanishining yuqori havfi bo‘lgan bemorlar orasida YuIK bilan og‘rigan bemorlarni shoshilinch jarrohlik usuli bilan davolash tartibi asoslangan;
bemorni yuqori havf guruhiga kiritishga imkon beruvchi o‘tkir koronar sindrom, yurak xaydash fraksiyasining pastligi, EuroSCORE bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich va karotid xamda koronar tomirlarni aterosklerotik torayishi aniqlangan;
miokardning aloxidalashgan revaskulyarizatsiyasida ham, koronar va karotid arteriyalardagi simul`tan aralashuvlarida ham zarurat bo‘lganda asoratlarning rivojlanishini yuqori havfi bo‘lgan barcha bemorlarda ishlayotgan yurakda AKShning afzalligi isbotlangan;
ishlayotgan yurakdagi AKSh muolajasida miokardning harakatlanmasligini ta’minlash uchun miokardning original stabilizatori ishlab chiqilgan;
karotid va koronar arteriyalarning birgalikdagi stenozida simul`tan aralashuvlarning iqtisodiy samaradorligi matematik tahlil yo‘li bilan aniqlangan;
qiyosiy nuqtai nazardan past xaydash fraksiyasi bo‘lgan yuqori havf bemorlarida YuIKni jarrohlik usuli bilan davolash natijalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori xavf guruhiga tegishli yurak ishemik xastaligi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarroxlik yo‘li bilan davolash uslublarini takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
miokardni stabilizatsiyalash yo‘li bilan yurakni ishemik kasalliklarini jarrohlik usuli bilan davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miokardni stabilizatsiyalash yo‘li bilan yurakni ishemik kasalliklarini jarrohlik usuli bilan davolashning optimallashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-d/276-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma original miokard stabilizatorlarini qo‘llash bilan ishlayotgan yurakda koronar shuntlashni taklif etilgan usulini qo‘llashni tajribada asoslash imkonini bergan.
yukori xavf bulgan yurak ishemik xastaligi bilan kasallangan bemordarni xirurgik taktikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yukori xavf bulgan yurakni ishemik kasalliklarida ishlovchi yurakda koronar shuntlashning optimallashtirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5apreldagi 8n-d/275-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori xavf guruhiga tegishli yurak ishemik xastaligi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarroxlik yo‘li bilan davolash uslublarini takomillashtirish imkonini bergan.
yuqori xavf guruhiga tegishli yurak ishemik xastaligi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarroxlik yo‘li bilan davolash uslublarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi kardiojarroxlik bo‘limi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm va Namangan fillialari kardiojarroxlik bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/123- son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi asoratlarni rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda uni qo‘llash imkoniyati to‘g‘risida xulosa chiqarish va ushbu toifa bemorlarida mos bo‘lgan miokard revaskulyarizatsiyasini bajarish imkonini bergan.