Xurramov Akbar Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shinlarning front orti quruq oziq-ovqat ta’minoti texnik vositalarini takomillashtirish», 21.01.08 - “Qurolli Kuchlar front orti (jumladan, Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shin turlari va maxsus qismlar bo‘yicha)” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.34/30.12.2019.T.58.01.
Ilmiy rahbar: Savriddinov Nukridin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti. 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, PhD.34/30.12.2019.T.58.01.
Rasmiy opponentlar: Pirimov Odil Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Eshpulatov Nodir Mamatqurbonovich, texnika fanlari nomzodi, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurolli Kuchlarning front orti ta’minotini yuqori kalloriyali quruq oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsiy tarkibni to‘laqonli, sifatli va hilma-xil ovqatlar bilan ta’minlash zarurligini xisobga olgan holda kunlik oziq-ovqat ratsioniga quruq mevalarni etkazib berish uchun autsorsing vakolatlarini kengaytirish hamda quruq ozik-ovqat me’yorlarini takomillashtirish zarurati ilmiy asoslab berilgan;
harbiy xizmatchilarning front orti quruq ratsionini rivojlantirishda texnik vositalardan foydalanishning chaqilish to‘laligi, uzoq saqlanishi, operativ etkazib berish kabi texnologik imkoniyatlari asosida quruq mevalarning fizik va mexanik xossalariga bog‘liq holda zaruriy kuch qiymati aniqlanib, chaqishga tayyorlash uslubi yaratilgan;
tishli vallarning aylanishlar soni hamda diametrini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib regressiya tenglamalari olingan va ularni echish orqali mashina ishchi qismlarining maqbul parametrlari aniqlanib quruq mevalarni ishchi kameraga tushish davrini ifodalovchi matematik tenglamalar ishlab chiqilgan;
front orti quruq oziq-ovqat ta’minotida qarama-qarshi aylanuvchi qovurg‘ali tishli vallar prinsipida ishlaydigan, yuqori unumdorlikga ega, sifatli mag‘iz olish jarayonini ta’minlaydigan quruq mevalarni chaqish mashinasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qo‘shinlarning front orti quruq oziq-ovqat ta’minoti texnik vositalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
quruq mevalarni chaqish qurilmasini ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo‘yicha Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan “Sevar Javxar Ilhomovich” xususiy korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi” ning 26.04.2021 yildagi №1/SD 05/06-09-71­ sonli ma’lumotnomasi), (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” yetakchi tashkilotining 12.05.2021 yildagi №11/03-16-4004­ sonli ma’lumotnomasi), (Mudofaa sanoati bilan hamkorlikdagi “Innovatsiya texnologiyalari markazi” MChJning 06.05.2021 yildagi №131­sonli ma’lumotnomasi). Natijada taqqoslov sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, danak chaqish qurilmasida mag‘izlarning zararlanishi 5%, quruq mevalarning chaqilish sifati esa 95% atrofida ta’minlangan;
quruq mevalarni chaqish va mag‘izidan ajratish texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo‘yicha Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan “Sevar Javxar Ilhomovich” xususiy korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi” ning 26.04.2021 yildagi №1/SD 05/06-09-71­ sonli ma’lumotnomasi), (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” yetakchi tashkilotining 12.05.2021 yildagi №11/03-16-4004­ sonli ma’lumotnomasi), (Mudofaa sanoati bilan hamkorlikdagi “Innovatsiya texnologiyalari markazi” MChJning 06.05.2021 yildagi №131­ sonli ma’lumotnomasi). Natijada quruq mevalarning tozaligini 85,5% atrofida bo‘lishini ta’minlab, mehnat sarfini 56,0%ga, ekspluatatsion xarajatlarni 28,9%ga kamayishini, mag‘zining sifati esa 95% gacha saqlanishi ta’minlagan;
ekssentrikli chaqish va qadoqlash qurilmasini ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo‘yicha tajriba davomida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan “Sevar Javxar Ilhomovich” xususiy korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi” ning 26.04.2021 yildagi №1/SD 05/06-09-71­ sonli ma’lumotnomasi), (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” yetakchi tashkilotining 12.05.2021 yildagi №11/03-16-4004­ sonli ma’lumotnomasi), (Mudofaa sanoati bilan hamkorlikdagi “Innovatsiya texnologiyalari markazi” MChJning 06.05.2021 yildagi №131­ sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan texnologiya bo‘yicha chaquvchi tishli vallarning qamrov burchagi ishqalanish burchagidan kichik bo‘lish sharti, ya’ni a<  bajarilib, ularning radiusi 63 mm, orasidagi oraliq 9,5 mm dan kam bo‘lmaganda, quruq mevalar tishli vallar orasidan siqilish bilan birga chaqilib o‘tib, sifat darajasida bo‘lishi imkonini bergan va 59 281 472 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish