Sadikov Rustamjon Toxirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda suyuqliklar fil`tratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/T1992.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Ravshanov Normahmad, texnika fanlari doktori, professor. 
Jabborov Nasriddin Mirzoodilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suyuqliklarning bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitli qatlamlarda hamda o‘zaro dinamik aloqaga ega ko‘p qatlamli neft` konlarida nostatsionar fil`tratsiya jarayonlarining matematik modellari, ularning sonli usullari va samarali hisoblash algoritmlarini ishlab chiqish, shu bilan birga hisoblash tajribalari sonli natijalarini vizual formada ikki (2D) va uch o‘lchamli (3D) grafiklarda taqdim etishning dasturiy majmuasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sust o‘tkazuvchan qatlamlarga ega o‘zaro dinamik aloqadagi neft` konlari tizimi uchun fil`tratsiya jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
dinamik aloqadagi uch qatlamli g‘ovak muhitda neft` nostatsionar fil`tratsiya chegaraviy masalasini echishning sonli usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitli qatlamda neft` fil`tratsiya masalasi ikki o‘lchamli matematik modeli uchun sonli model` ishlab chiqilgan; 
bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda neft` fil`tratsiya chegaraviy masalasini echishning hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
g‘ovak muhitda suyuqliklarning ikki o‘lchamli fil`trlanish jarayonini sonli modellashtirishda BV-Atex-2018 (399+487) raqamli «Gidrogeologik jarayonlarni uch o‘lchovli modellarini tuzish va ikki komponentli muhitda diffuzion jarayonlarni sonli modellashtirish uchun amaliy dasturlar paketini yaratish» ilmiy loyihasida «Bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda suyuqliklar fil`tratsiyasi jarayonini kompyuterli modellashtirish» dasturiy majmuasi Sardoba temir yo‘l agrosanoat unitar korxonasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 3 noyabr` 33-8/7764-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida hisoblashga ketgan vaqt 8-10 barovarga qisqargani va ishlab chiqarish samaradorligi esa 15% ga oshishiga erishish imkonini bergan;
bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda suyuqliklar fil`tratsiyasi jarayonini kompyuterli modellashtirish asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi «Raqamli texnologiyalar markazi» unitar korxonasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 3 noyabr` 33-8/7764-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida dasturiy majmuaning sinov tariqasida tadbiq qilishda hisoblash natijalaridagi aniqlik 5-7 % gacha oshish va hisoblashga ketgan vaqt 80-85% qisqarishi imkonini bergan;
bo‘lakli bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda suyuqliklar fil`tratsiyasi jarayonini kompyuterli modellashtirish asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «Gazli neft` gaz qazib chiqarish boshqarmasi» ob’ektlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 3 noyabr` 33-8/7764-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida neft`–gaz konlarining ishlash samaradorligini 7-10 % ga oshirishga erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish