Mamatov Jayhun Qutlimurot o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nanostrukturali PAN-kremnezem gibrid kompozitlarining fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 – Fizik kimyo, 02.00.12 – Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K391.
Ilmiy rahbarlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kattaev Nuritdin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Noyira Raximovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sidikov Abdujalol, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik o‘lchamli gibrid PAN-kremnezem kompozitlarning strukturaviy dizayni va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gibrid PAN-kremnezem kompozitlarida “sintez-struktura-xossa” bog‘liqliklari va berilgan g‘ovak tuzilishga hamda o‘ziga xos sirt maydoniga ega bo‘lgan nanomateriallarni sintezini nazorat qilish imkoniyati aniqlangan;
elektron mikroskopiya, sorbsiya, termik va nurning dinamik sochilish usullarida kompozisiyalarda zarrachalarning nanoo‘lchamga ega ekanligi va nanozarrachalarning hamda g‘ovaklarning o‘lchamlar bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan;
ilk bor presizion adsorbsion-kalorimetrik tadqiqotlar natijalari asosida PAN-kremnezem gibrid kompozitlarining to‘liq termodinamik funksiyalari aniqlangan, tajribaviy ma’lumotlar mikrog‘ovaklarni hajmiy to‘lish nazariyasining (MHTN) ikki va uch a’zoli tenglamalari yordamida olingan nazariy ma’lumotlarga mos kelishi isbotlangan;
ilk bor PAN-kremnezem sistemasidagi o‘zaro ta’sir energiyasi va geometrik parametrlarning qiymatlari kvant-kimyoviy hisoblash usullari bilan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kichik o‘lchamli gibrid PAN-kremnezem kompozitlarini sintez qilish va ular asosida yarimo‘tkazgichli kimyoviy sensorlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
PAN-kremnezem gibrid kompozitli kimyoviy sensorlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning amaliyotiga joriy qilindi (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 5 sentabrdagi 1201/GK-09 son guvoxnomasi). Natijada N2S gazini aniqlashning sezgirligi va selektivligini yuqori bo‘lgan yangi sensor yaratish imkonini bergan.
PAN-kremnezem kompozitlari asosidagi yarimo‘tkazgichli kimyoviy sensorlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ amaliyotiga joriy qilindi (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 5 sentyabrdagi 1202/ GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijalar sanoat, ma’muriy va maishiy binolarning atmosfera havosida vodorod sul`fid gazini aniqlash orqali xavfsizlikni ta’minlash imkonini bergan.
Olingan ilmiy natijalar asosida A-12-57 “Nanodispers kremnezem ishlab chiqarish uchun zol-gel` texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada zol-gel` texnologiyasi yordamida nanodispers kremnezem ishlab chiqarish uslubidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 89-04-259-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zol-gel` texnologiyasi yordamida nanodispers kremnezem olish imkonini bergan.