Azimov Lazizbek Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aminlar bilan gazlarni tozalash jarayonida po‘latni korroziyadan ingibirlashning fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K232.
Ilmiy rahbar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Qutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Berdimurodov Elyor To‘xlievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aminlar bilan gazlarni tozalash jarayonida po‘latni korroziyadan ingibirlashning fizik–kimyoviy asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ikki komponentli “polielektrolit-fosfon kislotasi hosilalari” sistemasida ekvimolyar nisbatlarda sinergetik effekt mavjudligi aniqlangan;
ilk bor tadqiq qilingan birikmalar ingibirlash samarasi “polimer asosidagi ikki komponentli sistemalar < gossipol hosilalarining supramolekulyar komplekslari < individual birikmalar” qatorida kamayib borishi aniqlangan;
fosfon kislotaning geterotsiklik hosilalarining metall sirtiga monomolekulyar mexanizm bo‘yicha adsorbsiyalanishi isbotlangan;
sintez qilingan birikmalarning kvant-kimyoviy tavsiflarini aniqlash asosida ingibirlash jarayoniga mas’ul bo‘lgan faol markazlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarkibida azot, fosfor tutgan birikmalar metallarni korroziyadan saqlashda ingibitorlar sifatida qo‘llanilganda olingan ilmiy natijalar asosida:
organik birikmalar va ularni kompozisiyalari Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 30 iyundagi 825/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, metildietanolaminning 35-40% li suvli eritmasi bilan tabiiy gazni nordon komponentlar, ya’ni H2S va CO2 lardan tozalashda metallar korroziyasini oldini olish imkonini bergan;
dissertatsiya doirasida olingan natijalardan OT-F7-85 raqamli «Aminometelenfosfat kislotasi asosidagi alifatik va geterotsiklik metallar korroziyasi ingibitorlarini sintezi va fizik-kimyoviy xossalari» mavzusidagi fundamental loyihada ingibitorlarning ta’sir mexanizmiga oid qonuniyatlarni keltirib chiqarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyul`dagi 89-03-2492-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p komponentli ingibitorlarning optimal nisbati topish va ularning ta’sir mexanizmiga oid qonuniyatlar keltirib chiqarish imkonini bergan.